Breaking News

Uyg'urlar va tibetliklar Xitoy zulmidan birdek norozi


Xitoy hukumati bo’lginchi guruhlarni jilovlashga bel bog’lagan. Rasmiy Pekin nazarida Tibet va Shinjon uyg’ur muxtoriyatida osoyishtalikni mustahkamlash uchun yanada kuchli chora ko’rish kerak.

Tibet va uyg’ur faollari fikricha, Xitoy ozchilik millatlarni pisand qilmay, tahqirlashda davom etmoqda.

Tibetliklarning diniy rahnamosi Dalay Lama kuni yaqinda bergan intervyusida, Xitoy rahbarlarining “separatism” borasidagi davolari asossiz ekanligini ta'kidlagan edi.

"Tibetliklar mustaqillik emas, madaniy haq huquqlari tiklanishini talab qilmoqda", - deydi Dalay Lama.

Yaqinda Jenevada BMT Inson huquqlari idorasi vakillari bilan uchrashgan Jahon Uyg’urlar Kengashi rahbari Robiya Qodir ham Dalay Lama so’ziga qoshiladi.

“Xitoy asosan ozchilikdagi millatlarni yanada qattiq bostirishga bahona qidiryapti", - deydi u.

"Amerika Ovozi" uyg’ur huquqlari uchun kurashayotgan Olim Sayitoff bilan ham suhbatda bo'ldi .

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG