Xitoy matbuot xabarlariga ko’ra, Shinjon-uyg’ur muxtoriyatining mahalliy hukumati “ekstremist va radikal dindorlar”ga qarshi kampaniya boshlagan.
Rasmiy Pekin mintaqadagi so’nggi xurujlarga “islomiy ekstremist guruhlar” mas’ul desa, surgunda yashovchi uyg’ur faollari Xitoy hukumatining zulmkor siyosati va musulmon aholiga nisbatan diniy bosimni asosiy sabab qilib ko’rsatadi.
"Amerika Ovozi" markazi Germaniyada bo’lgan Jahon uyg’urlari kengashi Bosh kotibi To’lqin Isa bilan shu haqda suhbatlashdi.