Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyip Erdog’an Xitoyga safarda, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish haqida gaplashmoqda.
Turkiya bosh vaziri oxirgi 27 yilda ilk bor Xitoyda ekan, Erdog’anni dabdaba bilan qarshi olishgan. U prezident Xu Zintao, Bosh vazir Ven Zyabao va vitse-prezident Si Zinping bilan ko’rishadi.
Ikki davlat yadroviy hamkorlik, sarmoya, matbuot, madaniyat kabilar borasida bitimlar imzoladi.
Pekinda borishdan oldin Erdog’an kecha 300 tadbirkor bilan birga Shinjon uyg’ur muxtoriyati poytaxti Urumchida bo’ldi. Turkiya bu mintaqada sanoat zonasi yaratishni ko’zlab keladi.
Shinjonda so’nggi yillarda uyg’urlar va xitoylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib, qonli tus olib bormoqda.
2009-yilgi to’qnashuv chog’ida Erdog’an Xitoy hukumatini zo'ravonliklarni to'xtata olmaganlikda ayblab, buni qatliomga qiyoslagan edi. Shundan so’ng ikki davlat munosabatlari keskin sovuqlashgan edi.