Breaking News

Xitoy uyg’urlarni al-Qoida bilan bog’ladi


Rasmiy Pekin fikricha, Shinjonda kechayotgan aksilterror harakatlar xalqaro kampaniyaning bir qismi
Rasmiy Pekin fikricha, Shinjonda kechayotgan aksilterror harakatlar xalqaro kampaniyaning bir qismi

Xitoy hukumati xalqaro hamjamiyatdan terrorizmga qarshi kurashda yordam so’ramoqda. Gap bu yerda asosan Shinjondagi uyg’ur ahli haqida ketmoqda. Uyg’ur ozodlik harakati a’zolari, Xitoy nazarida, zo’ravonlikni qurol qilib, tinchlikka raxna solmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jiang Yuning aytishicha, terrorchilar Xitoyni parchalash harakatida. Shinjonda kechayotgan aksilterror harakatlar xalqaro kapaniyaning muhim qismi, deydi u.

Shinjonni uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb ataydi. Ularning da’vosi shuki, Xitoy hukumati bu millat madaniyati, dini va tilini yo’q qilishga bel bog’lagan.

AQSh hukumati avvalroq Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatini terrorchi guruh deb e’lon qilgan edi. Biroq o’tgan yilning noyabrida chop etilgan ro’yxatda bu guruh yo’q.

Joriy hafta Vashingtonda uyg’urlar xalqaro anjumani o’tar ekan, inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” tashkilotining bildirishicha, Qozog’iston va Qirg’izistondan uyg’urlar unda qatnasha olmagan. Hukumatlar bunga yo’l qo’ymagan.

Xitoy uyg’urlarni al-Qoida bilan bog’ladi
Xitoy uyg’urlarni al-Qoida bilan bog’ladi

Xalqaro tashkilot izohicha, Markaziy Osiyo davlatlari yirik qo’shnisi va iqtisodiy hamkori Xitoy bosimi ostida shunday qarorga kelgan.

“Human Rights Watch” vakili Sharon Xom deydiki, Xitoy al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden o’limini vaj qilib, uyg’urlarga nisbatan tazyiqni oshirmoqda.

Xitoy, deydi huquq himoyachisi, uyg’ur ozodlik harakatini terrorizm deb ta’riflashda davom etmoqda.

Uyg’ur ziyolisi Ilhom To’xti fikricha Shinjonda mahalliy matbuot davlatning asosiy quroli.

Uyg’ur jamoatchiligi orasida qarashlar xilma-xil va hamma ham bir fikrda emas, lekin odamlar ozodlik harakati va al-Qoida bir-biridan qanchalik uzoq ekanini biladi. Xalq hukumatning bu afsonasiga ishonmaydi, deydi olim.

Shinjonda 2008 yilgi portlash 15 politsiyachini hayotdan olib ketgan. 2009 yilda Urumchida yuz bergan etnik ziddiyat 200 odamning hayotiga zomin bo’lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG