Breaking News

Avstraliya Xitoy bosimiga qaramasdan uyg'ur faoliga minbar berdi


Uyg’ur yetakchisi Robiya Qodirning Avstraliyada o’tgan film festivalida ishtiroki va ommaviy chiqishlari Pekin va Kanberra o’rtasida ziddiyatga sabab bo’lmoqda.

Xitoy Robiya Qodirning faoliyati tasvirlangan “Muhabbatning 10 sharti” nomli film premyerasi va uning jurnalistlar bilan uchrashuvini bekor qilishni talab qilgan edi.

Xitoy Robiya Qodirni o’tgan oy Shinjondagi qonli to’polonni tashviq qilgan “terrorchi” deb hisoblaydi. Etnik to’nashuvlarda, rasmiy manbalarga ko’ra, 200 ga yaqin odam halok bo’lgan edi.

Kanberra Matbuot klubi Xitoy bosimiga qaramasdan, Robiya Qodirga minbar berdi. Jurnalistlar bilan uchrashuvda, uyg’ur yetakchisi Avstraliya hukumatiga unga viza hamda uyg’urlar taqdiri haqida so’zlashga imkon berilgani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

“Xitoy iqtisodiy-siyosiy qudratiga tayanib, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyati va Tibetdagi ahvolga ko’z yumishga undamoqda”, - deydi Robiya Qodir.

Robiya Qodir haqidagi film namoyish etilgan Melburn shahri ma’muriyati Xitoy bosimidan shikoyat qilgach, Avstraliya hukumati Xitoy diplomatlariga ogohlantirish bergan. Tashqi ishlar vaziri Stiven Smit uyg’ur faoliga viza berib to’g’ri qilganmiz deydi.

XS
SM
MD
LG