Breaking News

Tahlilchilar: Markaziy Osiyoda uyg'urlar yuzasidan aniq siyosat zarur


Sharhlovchilar fikriga ko`ra, Sharqiy Turkistonni xitoylashtirish siyosati faol davom etmoqda. Xitoylarni Uyg`ur muxtor o’lkasiga ko`chirish siyosati tufayli Sharqiy Turkiston aholisining asosi xitoylardan tashkil topmoqda.

Demografik tazyiq uyg`ur faollarini hukumatga nisbatan noroziligiga sabab bo`lmoqda, Xitoy hukumati bu norozilikni islom ektremizmi tahdidiga yo`ymoqda.

Yaqinda Xitoy hukumati “Hizb ut-Tahrir” diniy guruhi faollashganini bildirgan, uyg`ur faollarining aytishicha, uyg`urlarda mazkur diniy oqim haqida tasavurning o`zi yo’q.

Sharhlovchi Kamron Aliyev so’zlariga ko`ra, uyg`urlar muammosi Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan ekspansiya (bosib olish siyosati) bilan bog`liq.

“Xitoyning demografik agressiyasiga nisbatan qanaqadir javob berilishi kerak. Agressiya davom etaversa, asosiy aholi xitoyliklarga aylanib ketishi mumkin. Uy`guriston deb atalmish mamlakatni hozir xitoylar avtonom rayon deb ataydi. U yerda katta gaz konlari ochilgan, Xitoy har yili 22 milliard kubometrga yaqin gaz qazib oladi. Afsuski, O`zbekiston uyg`urlarni himoya qilish uchun biror harakat qilayotgani yo`q”, - deydi Kamron Aliyev.

O`zbekistonda, rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, 200 mingan oshiq uyg`urlar istiqomat qiladi.

Qozoqlar, qirg`izlar, o’zbeklar bir paytlar Sharqiy Turkiston uyg’urlari bilan bir davlatda yashagan qardosh xalqlar, bugun o`z mustaqilligiga ega bu davlatlarda qo`shni uyg`urlarning huquqini qo`llash yuzasidan siyosat shakllanmagan.

Siyosiy sharhlovchi To`lanboy Qurbonovning aytishicha, O`zbekistonda uyg`urlar bilan munosabat rasmiy Pekinbilan aloqalardan kelib chiqqan holda rivojlamoqda.

“Masalan, O`zbekistonga Shinjon avtonomiyasidan delegatlar kelgan. O`zbekistondan ham shunday delegatsiyalar borgan. Uyg`urlar ko`p yashayotgan joylar bor, u yerda munosabarlar qarindosh–urug`chilik asosida rivojlanmoqda. Mintaqaning boshqa davlatlari Qozog`iston, Qirg’izistonda ham uyg’urlar bilan munosabatlar shu yo’sinda davom etmoqda ”, - deydi To`lanboy Qurbonov.

Uning aytishicha, mintaqa davlatlari Xitoy bilan yaqin hamkorlik qilib keladi. Davlatlar Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo. Tashkilot doirasida uyg`urlar masalasi ayirmachilik yoki terorizm tahdidi sifatida muhokama qilinadi.

“Uyg`ur ayirmachilari degan narsa bor. Ular nega bunday qilayapti? Uyg’ur bo’lginchilari qo’ygan talablarni Xitoy qonunchiligi, xalqaro qonunchilikka ko`ra tinch yo`l bilan hal qilish mumkin deb o`ylayman”, - deydi Qurbonov.

Sharhlovchi Kamron Aliyevning aytishicha, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti faqat Xitoy yoki Rossiya manfaatlari uchun xizmat qiladi.

“Qudratli davlatlar tomonidan tuzilgan bu tashkilotda Xitoy yoki Rossiyaning bosimi kuzatiladi. Qo`llamasang, senga qarshi chora ko`ramiz deydi, shu sababli O`zbekiston lozim bo`lganda Xitoyni, kerak bo`lganda Moskvani qo`llashga majbur ”, - deydi Aliyev.

O`zbekistonlik uyg`urlardan birining aytishicha, Uyg`uristonda bo`layotgan voqealar O`zbekiston jamoatchiligiga ma`lum emas.

Avvalroq uyg`ur harakati faoli, Kanada fuqarosi Husayn Jalil O`zbekistonda hibsga olinib, Xitoyga topshirilishi mahalliy faollar noroziligiga sabab bo`lgan edi.

Xitoy tomonidan diniy ekstremizmda ayblangan Husayn Jalil ayni paytda uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

XS
SM
MD
LG