Breaking News

Sharqiy Turkiston va Tibet xitoylashtirish siyosati qurboni


Xitoy o’z hududi deb biladigan Tibet muxtoriyatidagi tinch aholiga qarshi kuch ishlatishi xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanmoqda. O`zbekistonda esa bunga nisbatan rasmiy munosabat yo`q.

Demokratik jamoatchilik vakillariga ko`ra, Tibet noroziligiga Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan demografik siyosat sabab bo`lmoqda. Aynan shu holni Xitoyning yana bir muxtoriyati - Uyg`ur avtonomiyasida ham kuzatish mumkin.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvan maqomi bo`yicha rasmiy bayonot bildirgan. Unda rasmiy Toshkent Tayvanni Xitoyning ajralamas qismi sifatida tan oladi. Bu voqeani biz Shinjon, uyg’urlar avtonomiyasi misolida ko’rib turibmiz. Hozir uni avtonom rayon sifatida ko’rsatishyapti, hatto uyg’urlarning o’zi ham Shinjon deyishga o’rganib qolgan."

Maqsad, deydi Komron Aliyev, "Sharqiy Turkiston - uyg’urlar mamlakati degan atamani iste’moldan chiqarish. Ko’plab xitoyliklarni ko’chirib kelib, xitoylar mamlakatiga aylantirmoqda. Afsuski, O’zbekiston bu borada biror norozilik ham bildirgani yo’q. Uyg’uriston (Sharqiy Turkiston) yaqin tarixda Qo’qon xonligining bir qismi bo’lgan."

Sharhlovchi Muqimjon Qirg’izboyev fikricha Tibet Xitoy tarkibidagi mintaqa, biroq ziddiyatlar qurol bilan hal etilmasligi kerak:

“Tibetni ayrim holda alohida davlat sifatida ko’rib bo’lmaydi, chunki Xitoy tarkibiga kiradi. Bu masala muloqot bilan o’sha yerda yashaydigan xalqning urf-odatlari bilan hisoblashgan tarzda yechilishi kerak. Hozir XXI asr. Qurol, o’qqa tutish bilan muammolarni hal etish qiyin”, - deydi sharhlovchi.

Muqimjon Qirg’izboyev fikricha esa Xitoyning Uyg’ur avtonomiyasiga nisbatan siyosatida bir nechta tomonlarni inobatga olish kerak.

“Keyingi yuz yil ichida Uyg’ur avtomoniyasida xitoylar ko’pchilikni tashkil etdi. Siyosatchilar bu haqda gapirganda shu narsaga e’tibor berishmaydi, qolaversa Uyg’ur avtonomiyasida Xitoy davlatiga qarshilik bu darajada kuchli emas”, - deydi Qirg’izboyev.

Tibetdagi norozilik chiqishlari kuch bilan bostirilganidan so’ng Xitoyda kutilayotgan Olimpiya o’yinlarini boykot qilish chaqiriqlari kuchaymoqda.

“Buning bosh sababi Xitoyda inson huquqlarini poy-mol qilinishi. Muxolifat tazyiq ostida ekanligi. Eng asosiysi, yigirma yilcha ilgari Pekindagi maydonda (Tyananmen) yoshlar va demokratlar noroziligini tanklar yordamida bostirilgani, o’n minglab odamlarning halok bo’lgani... Buni demokratik davlatlar, inson huquqlari himoyachilari also kechira olmaydi. Shu sabab ham Olimpiya o’yinlarini Xitoyda o’tkazilishiga qarshilik kuchli”, - deydi sharhlovchi Kamron Aliyev.

XS
SM
MD
LG