Breaking News

Uyg'ur sobiq mahbuslarga AQShda boshpana berish so'ralmoqda


"Xitoy g’arbidagi Shinjon viloyatida yashovchi uyg’urlar XIX-XX asrlar mobaynida bo’lgani kabi hozir ham katta siyosat qurboni", deb yozadi uyg’ur olimi Siddiq Hoji Ro’zi, Washington Times gazetasida bosilgan maqolada.

1945 yilda Yevropa va Osiyoni bo’lib tashlagan Yalta konferensiyasidan bir necha oy o’tmay, Sovet Ittifoqi Xitoy bilan do’stlik shartnomasi imzolab, uyg’urlar vatani Sharqiy Turkistonni Xitoy nazoratiga berib yuborgan.

1950 yilda kelishuv yangilangach, uyg’ur xalqining mustaqil bo’lish orzusi yana uzoq yillarga so’ndi. Qo’shma Shtatlar, deydi Hoji Ro’zi, o’z siyosiy manfaatlari ketidan quvib, buyuk derjavalarning bu harakatiga ko’z yumdi.

1989-1991 yillar oralig’ida tarix yangilandi. Sovet Ittifoqi parchalanib, davlatlar mustaqillik e’lon qildi. Ammo Xitoy Kommunistik Partiyasining kuchli bosimi ostida uyg’ur ozodlik harakati samarasiz.

Ayniqsa 2001 yilning 11 sentyabridan so’ng rasmiy Pekin terrorga qarshi urush bahonasida yuzlab musulmon uyg’urlarni bo’lginchilikda ayblab, panjara ortiga tashlagan. Xitoyning eng yaqin moliyaviy-tijoriy hamkori AQSh esa jim.

Biz AQShdan harbiy kuch qo’llash yoki Xitoyni jazolashni so’ramayapmiz, deydi uyg’ur olimi. "Balki Guantanamo qamoqxonasida 7 yil saqlanib, hozirda sud tomonidan oqlangan 17 nafar uyg’urga Amerikada qonuniy maqom berilsin. AQSh uyg’ur xalqiga hamdard ekanini shu orqali namoyish etsin", - deydi Siddiq Hoji Ro’zi.

2002 yilda Pokistonda qo’lga olingan bu uyg’urlar, aybsiz ekani isbotlangan bo’lsa-da, arosatda. AQSh Xitoy hukumati ularni qiynoqqa solishi mumkin deya vataniga qaytarmoqchi emas, lekin Amerikada qolishiga ham ruxsat berilmayapti.

Washington Post gazetasi chop etgan tahririy maqolada yozilishicha, prezident Bush sobiq mahbuslarning ayrimlariga AQShda yangi hayot boshlash uchun imkoniyat berishi lozim. Bu boshqa davlatlarni ham ularga eshik ochishga undashi mumkin.

XS
SM
MD
LG