Breaking News

Guantanamodagi uyg'ur mahbuslar boshpanaga muhtoj


AQSh federal sudi va Bush ma’muriyati o’rtasida katta tortishuvlarga sabab bo’layotgan Guantanamodagi uyg’ur mahbuslar masalasi shu kunlarda yana muhokama ostida.

AQShga qarshi qurol ko’targani yoki terrorga aralashgani isbotlanmagan 17 nafar uyg’ur 2004 yilda oqlangan edi. Ammo ularga boshpana beradigan mamlakat topilmagani bois mahbuslar hamon qamoqda saqlanmoqda.

AQSh Adliya vazirligi o’tgan hafta Apellyatsion sudga murojaat etib, uyg’urlarning AQSha qolishiga doir hukm qayta ko’rib chiqilishini so’ragan. Da’vo qilinishicha, avval mahbuslarga boshpana beradigan mamlakat topilishi kerak.

Ularning AQShga kiritilishi mumkin emas, chunki mamlakat immigratsiya qonuniga zid. Ammo aslida, deydi mutaxassislar, AQSh hukumati uyg’ur mahbuslarning ozod etilishi Guantanamodagi boshqa mahbuslarni ham qamoqdan chiqishiga zamin hozirlashidan tashvishda.

Amerikadagi uyg’urlar jamoasi esa uyg’ur mahbuslarning AQShda qolishi uchun imkoniyat qidiryapti.

"Amerika Ovozi" Vashingtonda faoliyat yurituvchi uyg’ur huquqshunos Nuri Turkel bilan suhbatlashdi. Muloqotni yuqoridagi audiolavhada tinglang.

XS
SM
MD
LG