Breaking News

Parranda grippining xavfli turi Italiyada ham topildi


Italiyada parranda grippining xavfli turi topilganini laboratoriya sinovlari tasdiqladi. Virus Pugliya, Kalabria va Sitsiliya xududlarida beshta oqqushda topilgan. Italiya Sog’liqni saqlash vaziri Franchesko Storachega ko’ra, oqqushlar Bolqon davlatlaridan uchib kelgan.

Kecha Gretsiya shimolida ham H5N1 virusining topilgani, virus Yevropa Ittifoqiga yetib kelganidan dalolatdir.

Italiya Sog’liqni saqlash vaziri hozircha virus odamlar uchun xavfsiz ekanligini, hamda bir qator choralar ko’rilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, H5N1 virusi topilgan joydan 3 kilometr radiusdagi barcha fermalar va hayvonlar tekshirib ko’rilmoqda. Yetti kilometr masofagacha esa kuzatuv yo’lga qo’yilgan. Yovvoyi qushlarni ovlash man etilgan.

Yevropa Ittifoqiga ko’ra, virus Ruminiya chegarasi yaqinida, Bolgariya botqoqliklarida ham topilgan.

Nigeriyada esa ayni paytda shifokorlar kasallikka chalingan ikki bolada parranda grippining xavfli H5N1 turi bor yoki yo’qligini aniqlashmoqda. Kong-Kongda o'tkazilgan laboratoriya sinovlari o'tgan haftada o'lgan ikki ayolning H5N1 bilan og'riganini ko'rsatdi. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti, shuningdek, Indoneziyada parranda grippidan yana ikki kishining o'lganini tasdiqladi. Mamlakatda grippdan o'lganlar soini jami 18 kishiga yetdi.

2003 yildan beri jahon bo'ylab parranda grippidan deyarli 90 kishi o'lgan.

XS
SM
MD
LG