Amerika Qo’shma Shtatlari Orolbo’yi mintaqasidagi og’ir ekologik ahvolni yengillashtirish borasida ko’plab loyihalarni amalga oshirmoqda. AQSh Xalqaro taraqqiyot boshqarmasi (USAID) ning mintaqadagi vakili, rivojlanish va insonparvarlik yordami yetkazish loyihasi kordinatori Daniel Faystel (Daniel Feistel) Amerika Ovozi bilan suhbatda quyidagilar bildirdi.
Amerika ovozi: Janob Faystel, aytingchi, bu yerga kelishdan oldin Qoraqalpog’iston to’g’risida biron tassavurga ega edingizmi?
Daniel Faystel: “Men Amerikada bo’lganimda O’rta Osiyo to’g’risida borasida hech eshitmaganman. Bu yerlarni faqat Rossiya deb o’ylardik.”
Amerika ovozi: Siz qoraqalpog’istonliklarga o’rta va kichik biznesni rivojlantirish borasida yordamlashayotgan ekansiz. Biznes bu faqat savdo-sotiq emas, ko’proq ishlab chiqarish hamdir. Bu borada qanday ishlar olib bormoqdasiz?
Daniel Faystel: “ Biz bilamiz, Qoraqalpog’istonda xalq baliqni juda yaxshi ko’radi. Baliqni ovlash, uni iste’mol qilish qoraqalpoqlarning qoniga singan desak bo’ladi. Hozirda xavzalarda intensiv baliq ko’paytirish imkoni kam bo’lgani sabab, ushbu tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlarini o’rganmoqdamiz.”
Amerika ovozi: Qoraqalpog’istonda biznes bilan shug’illanishning o’ziga xos tomoni nimada deb o’ylaysiz?
Daniel Faystel: “Qoraqalpog’istonda va Amerikada biznes bilan shug’illanishni solishtirganda, albatta farq bo’ladi. Sababi, bozor boshqacha, odamlar talab qiladigan narsalar ham boshqachadir. Boshlang’ich kapitalda ham farq bor. Bu yerda, ya’ni Qoraqalpog’istonda, 100, 500 yoki 1000 do’llar bilan biznes boshlasa bo’ladi. Amerikada esa bu mablag’ kamlik qiladi. Amerikada boshlang’ich kapital ko’proq kerak bo’ladi.
Amerika ovozi: Lekin oraqalpog’istonliklar biznesda, umuman rivojlanishda, eng asosiy to’siq, bu mahalliy buyrokratiya deyishadi, bu haqda qanday fikrdasiz?
Daniel Faystel: “Byurokratiya hamma mamlakatlarda ham bo’ladi. Biroq, Qoraqalpog’istonda buyrokratiya ko’proq uchraydi. Bu albatta to’siq bo’lmoqda. Shu bois, rahbarlar bilan maslahatlashib, Qoraqalpog’istonning rivojlanishi uchun yo’l topish kerak.
Amerika ovozi: Nukusda, qoraqalpog’istonliklarga Amerika Qo’shma Shtatlarining yordamini sezasizmi?
Daniel Faystel: “Xudoga shukur, O’zbekistonga yordam yetib kelmoqda. Kecha suv tizimlarini sozlovchi bir mashina ko’rdim, “USAID” deb yozib qoyilgan eshigiga. AQSh shunday texnikalar berib tursa, juda yaxshi bo’lardi, deb o’ylayman. Ovullarda yashovchi fuqarolarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo’yicha ham yordam berilmoqda.
Amerika ovozi: Qoraqalpoq tilini ham o’rganib olibsiz. Amerikalik dostlaringizga, tanishlaringizga qoraqalpog’istonliklar haqida eng avvalo nimalarni gapirib bergan bo’lardingiz?
Daniel Faystel: “Men Qoraqalpog’istonga 2002 yilning noyabr oyida keldim. Qoraqalpog’istonliklar bilan birga yurib, halqning urf-odatlari, dasturlari bilan birmuncha tanishib, juda quvonchdaman. Sababi, qoraqlpoq halqi juda ko’ngli ochiq halq, juda mazali ovqatlar qilishadi (Jilmayib, kulib qo’yadi). Men o’zim ham ular orasida bo’lib, uylarida borganimda kurtik va palovlarni ko’p yeganman. Yana, qoraqalpoqlarning mehmondorchiligi juda yuqori ekanligini aytgan bo’lardim. Shu boisdan ham, bu erda ishlayotganimdan quvonchdaman. SSSR davrdagi ma’lum bir munosbatlar hayot tarziga ta’sir qilgan bo’lsada, bu yerlarda o’zgarishlar bo’lishiga, rivojlanish bo’lishiga ko’p umid bor.”
Suhbatimiz oxirida janob Faystel O’zbekiston-Amerika munosabatlarining so’nggi vaqtlarda sovuqlashgani vaqtinchalik holat ekanligini ta’kidlaydi.“Amerika Qo’shma Shtatlari”, -deydi janob Faystel, “har qanday sharoitda ham Qoraqalpog’istonga, Orolbo’yi xalqlariga yordamini to’xtatmasligi kerak.”