Breaking News

Bahodir Matlyubov yangi Ichki ishlar vaziri


O'zbekiston prezidenti farmoni bilan Bahodir Matlyubov respublika Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

O'zbekistonning sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov davolanish uchun Germaniyaga jo'nagach va iste'foga chiqqani ma'lum bo`lgach, O`zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimi bir muncha vaqt bo`sh qoldi va bu lavozimga Milliy xavfsizlik xizmati vakili Anvar Solihboyev tayinlangani haqida ma'lumotlar chiqqan edi.

O`zbekiston prezidenti farmoni bilan O`zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Bahodir Matlyubov 2004 yilda O`zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan O'zbekiston bojxona qo`mitasi raisligiga tayinlangan va farmonga qadar hozirgacha shu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

O`zbekiston prezidenti farmoni bilan O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshligi, Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari etib G`ayrat Qodirov tayinlangan. Bungacha Gayrat Qodirov Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.

Iste'foga chiqarilgan sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov 1992 yildan beri vazir lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zokir Almatov Yevropa Ittifoqi tomonidan Andijon voqealarini kuch bilan bostirishda rahbarlik qilgan va Yevropaga krishi taqiqlangan amaldorlardan biri bo`lishiga qaramasdan, Germaniyada davolanib kelgach, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanib, rasman istefoga chiqarilgan edi.

Sobiq Ichi ishlar vazirini Germaniyada xalqaro tashkilotlar va qiynoqqa uchragan bir guruh o`zbekistonliklar tomonidan qiynoqqa uchratish va ommaviy qirginda ayblab sud topshirish talabi ham ko`tarilgan edi.

XS
SM
MD
LG