Breaking News

Zokir Almatov iste'foga chiqarildi


Germaniyadan Birlashgan Arab Amirliklariga o'tib undan O'zbekistonga qaytgan O'zbekiston ichki ishlar vaziri Zokir Almatov 22 dekabr kuni nafaqaga chiqarildi va uning o'rniga prezident Karimov farmoni bilan uning muovini Anvar Solihboev vazir etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko’ra, 10 yildan oshiq vaqt mobaynida vazir bo’lgan Almatovning iste’fosiga asosiy sabab qilib uning yomonlashgan sog’lig’i ko'rsatilgan.

Umurtqa rakidan Germaniyada muolaja olgan Almatov uni sud qilish borasidagi chaqiriqlar va bir guruh o'zbekistonliklarning uni Germaniyada sudga berishi oqibatida Almatov Yevropani tark etishga majbur bo'lgan edi.

Yevropa Ittifoqi va qator xalqaro tashkilotlar Almatovni Andijondagi otishmalarga va ko'plab begunoh odamlarning o'limiga bevosita aloqador deb hisoblaydilar. Biroq prezident Karimovning o'zi Almatovning xizmatlarini yuqori baholadi va uni O’zbekistonning oliy mukofotlaridan biri - "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirladi.

Ayni damda Toshkentda Andijonda namoyishchilarni o'qqa tutish buyrug'ini bajarmagan bir guruh ichki ishlar vazirligi xodimlari sud qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG