Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari-17 yanvar


QOZOG'ISTON

Mazkur yilning 19 yanvar kuni Qirg’iziston Parlamenti delegtsiyasi Qo’zog’iston poytaxti Ostonaga tashrif buyurib Qo’zog’iston Parlamentining 10 yillik yubileyeda qatnashishi kutilmoqda.

Qo’zog’iston Juqorg’I Kenesi tarqatgan ma’lumotga ko’ra delegatsiya tarkibi Qir’giziston parlamentigning yuqori martabali deputat va qo’mita boshliqlaridan tashkil topgan.

Yubileyda O’zbekiston parlamenti vakillari qatnashishi hususida ma’lumotlar berilmagan.

QIRG’IZISTON

Qo’zog’iston axborot agentligining bildirishicha 2005 yilda 1 364 nafar qir’gizistonliklarga Qo’zog’iston fuqaroligi berilgan.

Qir’gizistonda joylashgan Qozoq elchixonasiga ko’ra o’tgan yili Nazarboyev qarori bilan 1328 nafar sobiq qirg’iz fuqarolariga Qo’zog’iston fuqaroligini olishga ruhsat berilgan. Yana 36 tasi esa oddiy fuqarolikni qabul qilish yo’li orqali bu maqomga erishgan.

Ma’lumotlarga ko’ra 145 yaqin qir’giz oilasi Qo’zog’iston prezidentining 2004 yil dekabr farmoniga ko’ra o’z uylariga qaytarilganlar.

Hozirgi kunda 87 Qozoq fuqarosi Qirg’iziston fuqaroligini olishga ariza topshirgan.

TURKMANISTON

Turkmaniston hukumati Turkman-Xitoy gaz quvurini qurish uchun kerak bo’ladigan xom-ashyo matriallarini tayyorlashga kirishdi. Qo’zogiston axborot agentligining xabar qilishicha Turkman prezidenti mamlakat gaz va neft yetakchilari bilan uchrashar ekan jumalada “Biz Xitoyga Amudaryo daryosining o’ng qirg’og’idan turib gazni yetkazib beramiz”, deya fikr bildirgan.

VATAN TV ning xabar qilishicha Turkman prezidentin Aprel oyida Xitoyga qiladigan tashrifida asosiy e’tiborini quvur qurilishiga qaratishini bildirgan.

Bugungi kunda Tukmaniston jahon bozoriga chiqadigan ikki quvur yo’nalishiga ega. Birinchisi sobiq sovet davridan qolgan bo’lib, Markaziy Osiyo –Markaz deya nomlanib, Turkmaniston, O’zbekiston –Qozog’iston-Rossiya-Ukraina davlatlarini bog’lab turadi. Ikkinchisi esa Turkmaniston va Eron gaz quvuri bo’lib Korpedji-Kurt-Kuy shaharlarini bog’lab turadi.

Eslatib o’tamiz 2005 yilda Turkmaniston 45.2 milliard kubometr gazni eksport qilgan. Bu yil esa 78 milliard kubometr gazni eksport qilishi kutilmoqda.

O’ZBEKISTON

O’zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga qabul qilinishi umumiy iqtisodiy zonani yaratilishiga yaxshi sabab bo’lishi mumkin deya qaralmoqda deya fikr bildirdi Hamjamiyatning bosh sekretari Grigoriy Rapota.

Hozirda rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’layotgan Rapotaning keyingi manzili O’zbekiston bo’ladi. Uning bildirishicha O’zbekistonning Hamjamiyatga a’zo bo’lishi tarixiy jarayon bo’lib tashkilot a’zolari bilan vujudga kelayotgan aloqalarni yanada rivojlanishiga asos bo’ladi.

O’zbekistonda Rapota bir qator hukumat rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda. Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatining Sankt Peterburgda bo’lib o’tadigan yig’ilishining muhim voqeligi O’zbekistonning tashkilotga a’zo bo’lishi kutilmoqda.

Tennis bo’yicha 2005 yilgi Osiyo chempioni O’zbekistonlik Oqgul Omonmuradova Avstraliyada o’tayotgan Avstraliya Open musobaqasining birinchi kunida Madagaskarlik Dalli Randriantefiga qarshi kortga tushib g’olib keldi. Uch set hisobiga ko’ra Omonmuradova 6-3; 2-6; 6-1 hisoblarida ustun kelgan.

Erkaklar orasida esa Ozbekistonlik Denis Istomin dunyoning birinchi raketgasi Svetsariyalik Rojer Federega qarshi kortga tushib 83 daqiqada mag’ubiyatga uchradi. Avstralia Open matbuot markazining habar qilishicha Istomin Federega qarshi hech qanday qarshilik bildira olmagan va butun o’yin davomida o’zini yo’qotib qo’ygandek harakat qilgan. Hisob ham shunga yarasha, 6-2 6-3 6-2 Federer hisobiga.

XS
SM
MD
LG