Breaking News

O'zbek matbuoti karikaturalarni qoralamoqda


O`zbekistondagi rasmiy nashrlar Yevropadagi bir qator gazetalarda Muhammad payg’ambar tasvirlangan karikaturalarga nisbatan o`z munosabatlarini bildirib o`tmoqda. Rasmiy nashrlarga ko`ra, Muhammad alayhissalomni bu tariqa haqoratlash qo`poruvchilik ishlari bilan barobar. Kuzatuvchilar fikricha esa G’arb matbuotida nashr qilingan bu karikaturalarning so`z erkinligini bo`g`ayotgan hukumatlar uchun yaxshi qo`llanma vazifasini o`tamoqda.

O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining nashri “Xalq So`zi” gazetasi tahririyati tomonidan e`lon qilingan munosabatga ko`ra, bu harakatlarni faqatgina mutlaq qo`poruvchilik sifatida baholash mumkin.

“Haqoratli rasmlar bilan bo`gliq kampaniya radikal siyosatchilar va tashkilotlarlarning bugungu kunda ayrin Yevropa davlatlari oldida turgan va keskin tus olayotgan jiddiy muammolardan jamoatchilikni chalg`itish maqsadida amalga oshirilayotgan, puxta o`ylangan harakat emasligiga kim ishonadi? Hozircha ushbu o`ta xavfli fitna buyurtmachilari parda ortida qolmoqda, biroq ular halokatli oqibatga olib kelishi mumkin bo`lgan mexanizmni ishga solib yubordi”, - deb vaziyatga baho beradi gazeta tahririyati.

“Ayrim Yevropa nashrlarida muqaddas islom aqidalariga yo`l qo`yilayotgan bunday xurujlarni ular keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatlarni tushunmaydigan G’arb jurnalistlarining “beozor sho’xligi ” edi, degan gaplarga also qo`shilib bo`lmaydi. Ular so`z erkinligi huquqiga ega ekanliklarini ro`kach qilishmoqda. Biroq e’tiqod erkinligi va diniy bag`rikenglik tushunchalari ham demokratiyaning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini unutmaslik lozim. G`arb jamiyati tomonidan zo`r berib targ`ib qilinayotgan siyosiy ziyraklik xusisiyati qay

yerda qoldi? ”, - deb takidlanadi maqolada.

O`zbekiston Liberal Demoratlar Partiyasining nashri bo`lgan “XXI asr” gazetasida bosilgan “Aql idrok jaholatdan ustun keladi” maqolasida aytilishicha, Muhammad aalayhissalom sha’nini tahqirlovchi suratlar ortida diniy niqob ostida qarama – qarshiliklarni kuchaytirish maqsadlari yotadi va so`zamol jurnalistlar esa buyurtma asosida ish yuritishgan, deyiladi.

O’zbekiston matbuotida ta’kidlanishicha G’arb ommaviy axborot vositalari so`z erkinligidan niqob sifatida foydalanmoqda.

“1,5 milliardlik musulmon aholisining, musulmon olamini nozik his tuyg`ularini tahqirlash yo`li bilan o`z manfaatlarini ilgari surayotgan, yuz bergan taloto`pdan o`z maqsadlari yo`lida foydalanmoqchi bo`lganlar aql idrokning jaholatdan baribir ustun kelishini, bir kun kelib qora pardalar ko`tarilishini his etmayotgan ko`rinadilar,”- deb ta’kidlanadi “XXI Asr” gazetasida bosilgan maqolada.

O`zbekistonda chop etilgan maqolalardan tashqari boshqa rasmiy doiralarda bildirilgan munosabatlar ma`lum emas. Kuzatuvchilarning vaziyatga baho berishlaricha, hukumat rasmiy munosabat bildirmasligi ayon, ammo so`z erkinligi bilan bo`gliq bu holatdan unumli foydalanadi.

Mahalliy kuzatuvchilardan Baxtiyor Isabekkka ko`ra, biron kishini masxaralashni hech qachon so`z erkinligiga aloqasi yo`q. Bu bilan g’arbdagilar so`z erkinligini bo’g’ayotgan O`zbekistondagi kabi hukumatlarga yaxshi so`z erkinligi nimaga olib kelishi mumkinligini ko`rsatuvchi yaxshi qo`llanma beradi.

“O`zbekistondagi aholini bu narsa ranjitadi va g’azabga tushiradi. Hukumatning bunga ortiqcha munosabat bildirmasligi tayin”, - deydi Baxtiyor Isabek.

G`arb nashrlarida Muhammad alayhissalomning karikaturada tasvirlanishi yuzasidan Markaziy Osiyoda Tojikiston rasmiy doiralarining munosabat bildirgani va bu hodisani qoralagani kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG