Breaking News

Payg'ambarni karikatura qilgan rassom hayotiga suiqasd


Daniyada Somali fuqarosiga, hajviy suratlari bilan tanilgan karikaturachi-rassomni o’ldirishga urinish aybi qo’yilmoqda.

Kurt Vestergard 2005 yilda musulmon dunyosida katta norozilikka sabab bo’lgan rasmlar muallifi.

Politsiyaga ko’ra, unga hujum qilgan shaxs al-Shabab va al-Qoida kabi terrorchi guruhlarga aloqador.

Politsiyaning aytishicha, pichoq va bolta bilan qurollangan, 28 yoshli Somali fuqarosi daniyalik rassomning uyiga bostirib kirib, uni o’ldirishga harakat qilgan. 74 yoshli Kurt Vertergard nabirasi bilan uyining xavfsiz joyiga bekinib, politsiyaga qo’ng’iroq qilgan.

Somalilikning ismi oshkor etilmayapti. Uy eshigini bolta bilan yorib kirayotganda u “qon” va “qasos” deya hayqirgani aytiladi. Hujumda gumon qilinayotgan shaxs aybini tan olmagan.

Guvohlarning hikoya qilishicha, politsiyachilar voqea joyiga yetib kelgach, ayblanuvchi ularning biriga hujum qilgan. Natijada unga ikki bor o’q uzilgan, ammo jarohati jiddiy emas.

Daniya matbuotida Muhammad Payg’ambarni havj qiluvchi rasmlari bilan musulmonlarning g’azabini keltirgan rassom Kurt Vestergard hozir xavfsiz joyga ko’chirilgan. Uning hayotiga avval ham bir necha bor tahdid qilingan edi. Daniya musulmonlar ittifoqi hujumni qoralamoqda.

XS
SM
MD
LG