Breaking News

AQSh xalqaro almashinuv dasturlarini kengaytirmoqchi


AQSh Davlat kotibasining xalq diplomatiyasi bo'yicha muovini Karen Xyuz lavozimiga kirishganiga hali bir yil ham bo’lgani yo’q. Ammo shu davr mobaynida, dunyoning turli burchaklarida odamlarning Amerika haqidagi tasavvurlari qanchalik noto’g’ri ekanligini ko’rdim, deydi.

"Ulardan siz nimani va amerikaliklar nimani qadrlaydi, deb so’rasangiz, javoblarida katta farqni ko’rasiz. Ular biz oila, halollik va iymonni qadrlaymiz, deyishadi. Ammo amerikaliklarga pul, hokimayat va ish afzal, deb fikr yuritishadi," -deydi Xyuz xonim.

Uning ta’kidlashicha, Amerika fuqarolarini xorijga jo’natish va chet elliklarni AQShga taklif qilishga qaratilgan almashinuv dasturlari AQSh xalq diplomatiyasining eng samarali va muvaffaqiyatli qismidir.

Karen Xyuzga ko’ra, Davlat departamenti AQShga ko’proq jurnalistlarni, diniy yetakchilarni, xotin-qizlarni va o’qituvchilarni olib kelish bo’yicha yangi tashabbus bilan chiqmoqda. Yaqin oylarda boshlanadigan Edvord Morrow jurnalistika dasturi bunga misoldir.

"Bu dastur 100 dan ortiq xalqaro muxbirlarni amerikalik hamkasblari bilan yonma-yon ishlash uchun, hamda bilim yurtlariga qatnash uchun AQShga olib keladi," -deydi Xyuz.

Muxbirimiz Stefani Xoning xabar berishicha, Xyuz xonim prezident Bush o’tgan oyda e’lon qilgan xorijiy tillarni o’rganish tashabbusiga katta urg’u bermoqda.

XS
SM
MD
LG