O’zbekiston Oliy Majlisining Yuqori Palatasi - ya’ni Senat raisi Murod Sharifxo’jayev sog’lig’ining yomonlashgani tufayli o’z arizasiga binoan iste’foga chiqdi.
Uning o’rniga prezident Islom Karimov tavsiyasiga ko’ra, Senat Ilgizar Sobirovni yangi rais etib sayladi. Ilgizar Sobirov Senatga Xorazm viloyatidan saylangan. U Qoshko’pir tumanining hokimi bo’lgan. Senatda mudofaa va xavfsizlik qo’mitasiga rahbarlik qilgan.