Breaking News

Rossiyada musulmonlar kelajakda ko'pchilikni tashkil etishi mumkin


Rossiyada ozchilik guruhlarini o’rganuvchi yetakchi mutaxassislardan biri, professor Pol Goublning ta’kidlashicha, bir necha o’n yillardan so’ng Rossiyada musulmonlar ko’pchilikni tashkil etadi.

Aholisi 145 millionga yaqin Rossiyada musulmonlar soni 20 milliondan oshadi.

Pol Goubl 25 yil davomida, AQSh hukumatiga sobiq Sovet Ittifoqidagi ozchilik guruhlar bo’yicha ekspert bo’lib ishlagan.

"Rossiyadagi ulkan demografik o’zgarishlarni yaqindan kuzatib kelgan kishi sifatida, shuni aymoqchiman-ki, bu o’zgarishlar Rossiyaning G’arb davlarlari bilan munosabatlariga katta ta’sir ko’rsatadi,"- deydi professor Goubl.

“Rossiya Federatsiyasi - hozirgi chegaralari doirasida qoladi deb taxmin qilsak – keyinchalik musulmon davlatiga aylanadi. Ya’ni u yerda musulmonlar ko’pchilikni tashkil etadi, va natijada Rossiyaning tashqi siyosati o’zgaradi. Rossiya Yevropadagi kuchlar doirasiga kiradi, degan g’arbiy Yevropa yoki AQShdagi taxminlar, haqiqatga ortiq to’g’ri kelmaydi,”-deydi professor.

Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin, deydi olim, g’arb davlatlari Yevropa qarashlaridan kelib chiqqan holda, Rossiyaga ta’sir ko’rsatishga uringan bo’lsa, musulmon davlatlari, migratsiyani kuchaytirish, hamda Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali islom dinining tarqalishiga urg’u berishdi.

“1989 yildan boshlab, musulmonlarning o’sish surati etnik guruhlarga qarab 40 yo 50 foizni tashkil etadi. Bu Kavkaz, Markaziy Osiyo yoxud Ozarbayjondan kelayotgan immigrantlar hisobiga o’sishdir,”-deydi Goubl.

Professorning ta’kidlashicha, 1991 yilda Rossiyada taxminan 300 ta masjid bo’lgan. Bugunda esa, kamida sakkiz mingtani tashkil etadi. Bularning yarmi, deydi u, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistonidan kelgan mablag’ hisobiga qurilgan.

"1991 yilda 40 nafar Rossiyalik Hajga borgan bo’lsa, o’tgan yili bu raqam o’n uch ming besh yuzga (13,500) ko’tarildi,"- deydi janob Goubl.

Shuningdek, 15 yil oldin Rossiyada islomiy maktablar yo’q edi. Hozir esa, Goublning ta’kidlashicha, 50 yoki 60 diniy maktabda ellik mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Unga ko’ra, Rossiyada Islomning rivojlanishi oqibatida irqiy kamsitish hollari ko’paygan.

“Xalq orasida musulmonlarga nisbatan g’araz oshmoqda. Rossiyada ko’pchilik bunga tabiiy hol deb qaraydi,”-deydi olim.

Uning aytishicha, agar mo’tadil musulmonlar bilan ochiqdan-ochiq kelishilib, kichik foizdagi radikal musulmonlar esa, boshqalardan ajratib qo’yilsa, yangi hukumatdan xavfsirashga hojat qolmaydi.

Professor Goubl shu o’rinda bir Moskvalik sharhlovchining “yana bir necha o’n yildan so’ng Qizil maydonda masjid paydo bo’ladi” degan so’zlarini keltiradi.

XS
SM
MD
LG