Breaking News

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Rossiyaning eng gavjum aeroportlaridan biri "Domodedovo"da portlash ro’y berib, 35 kishi o’lgan. Taxminan 168 odam jarohatlangan.

Voqea xalqaro terminalda ro’y bergan.

Rasmiylar taxminicha, bu terror xuruji. Yo’lovchilarni kutib olayotganlar orasida bir kishi o’zini portlatgani ma’lum. Portlash kuchi yetti kilogram trotilga tengligi aytilmoqda.

Yuklarni olish bo'limidan tutun buruqsab chiqar ekan, qonga belangan odamlar binodan qocha boshlagan.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Portlovchi moslama bolt, igna, shrapnel bilan tol'dirilgani, jarohat olgan kishilarning tanida mana shu mayda metal bo'laklari ko'pligi aytiladi.

Militsiya portlashga aloqador uch shaxsni qidirmoqda. Ular kavkazlik ekani xabar qilinadi. Guvohlarning aytishicha, chemodan ko'targan kishi o'zini portlatgan bo'lishi mumkin.

Portlash paytida aeroportda britaniyalik ikki shaxs, bir fransuz va italiyalik bo'lgani ma'lum. Bir ingliz nobud bo'lgan.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Prezident Dmitriy Medvedev voqeani terror akti deya ta'riflab, uning ijrochilar jazolanadi, degan. Rossiya rahbari mamlakatdagi barcha transport tarmoqlarida xavfsizlik choralarini oshirishga ko'rsatma bergan.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Bu o'tgan yilning martidagi portlashdan so'ng ro'y bergan eng qonli hujum. O'shanda metroda sodir etilgan ikki xuruj 40 kishini hayotdan olib ketgan, taxminan 60 odam jarohatlangan edi.

Tergov xulosasiga ko'ra, o'tgan yilgi xurujlarni dog'istonlik ikki ayol sodir etgan.

"Domodedovo" Moskvaning eng zamonaviy aeroportlaridan. Ammo xavfsizlik choralari talabga javob bermasligi aytiladi.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

2004 yilda "Domodedovo" aeroportida ikki shaxs noqonuniy ravishda chipta xarid qilib, samolyotga chiqishga muvaffaq bo'lgan. Ular ikki samolyotni portlatib, 90 odamni o'ldirgan edi.

Bu aeroport 48 xorijiy aviakompaniyalarga xizmat qiladi, unga dunyoning 243 shahridan samolyot qatnaydi.

Rossiya uchun Shimoliy Kavkaz jangarilar bilan kurash maydoni bo'lib qolmoqda. Dog'iston, Checheniston va Ingushetiyada deyarli kunda militsiyaga hujumlar sodir etiladi.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Dunyo rahbarlari voqeani qoralamoqda.

NATO rahbari Anders Fog Rasmussen, prezident Barak Obama va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun xurujdan "dahshatdamiz, Rossiya xalqiga hamdardlik izhor etamiz" deydi.

Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi
Rossiyaning "Domodedovo" aeroportida portlash, Medvedev ijrochilar jazolanadi, deydi

Germaniya kansleri Angela Merkel hujumni razillik, qo'rqoqlik deya ta'rifladi.

Prezident Dmitriy Medvedev ertaga Shveytsariyaga, Jahon Iqtisodiy Forumiga safarini bekor qilgan.

Bu mash'um voqea 2014 yilda Qishki Olimpiya, 2018 yilda esa Jahon Chempionatiga mezbon bo'ladigan Rossiya uchun kuchli zarba.

XS
SM
MD
LG