Rossiya Oliy Sud tomonidan qayd etilgan terrorchi tashkilotlar ro’yxatini ilk bor e’lon qildi.
"Rossiyskaya Gazeta"da chiqqan 17 guruhdan iborat ro’yxatdan Turkiston Islom Harakati va Hizb-ut-Tahrir guruhlari ham o’rin olgan.
Ro’yxatga, shuningdek, ikki Kavkaz guruhi, al-Qoida, Tolibon va Falastindagi Islomiy Jihod guruhlari ham kiritilgan.
Biroq unda Hamas va Hizbulloh guruhlari yo’q. Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati vakiliga ko’ra, bu ikki guruh Rossiya hududida terror xurujlarini amalga oshirmagan.