BMT ning qochqinlar bilan shug'ullanadigan agentligi Qozog’istonni undan boshpana so’ragan qirg’iz fuqarosini majburan Qirg’izistonga chiqarib yuborishini tanqid ostiga oldi. BMT ning qochqinlar bo’yicha Oliy komissariatining so’zlovchisi Jennifer Pagonisning aytishicha, Qozog’iston mutasaddilari agentlikning boshpana so’rovchini mamlakatiga chiqarmaslik to’g’risidagi talabi bitilgan xatni inkor etgan.
Qirg’iz muxolifat vakili Doston Qodirov 7 mart kuni Qirg’izistonga ekstraditsiya qilingan. Komissariat Qozog’istonni xalqaro bitimni buzganlikda ayblamoqda. Qozog’iston imzo chekkan Jeneva konvensiyasiga ko’ra, boshpana olgan yoki so’ragan shaxs diniy, siyosiy yoki irqiy sabablar bois hayoti xavf ostiga tushishi mumkin bo’lgan mamlakatlarga chiqarilmasligi kerak.