Breaking News

Qozog'iston mintaqada energetika xavfsizligi kafilimi?


AQSh Energetika vaziri Samuel Bodman Ostonada Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashar ekan, Qozog’iston global energetika xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi, deya ta’kidladi.

“Qozog’iston mintaqada yetakchilik qilib, energetika sektori infratuzilmasini rivojlantirishi va energetika resurslari uchun qo’shimcha tranzit yo’llarini yaratmog’i lozim”, dedi vazir Bodman matbuot anjumanida.

Markaziy Osiyodan olingan boshqar xabarlar: 14 mart

TOJIKISTON- AQShning Tojikistondagi elchixonasi, Tojikiston-Afg’oniston orasida yangi ko’prik barpo etishga yordam berishini bildirdi. Elchixona tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, ko’prik Panj daryosi ustida 2007 yilning o’rtalarida qurib tugatiladi, hamda AQSh daryoning ikki tomonidagi politsiya va bojxona idoralari faoliyatining yaxshilanishida ham ko’maklashadi.

Elchixona rasmiylarining bildirishicha, mazkur ko’prik nafaqat ikki mamlakat balki Qozog’iston va Pokiston o’rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishga ham yordam beradi.

XITOY- Xitoy prezidenti Hu Tsin Tau Pokiston rahbari Parvez Musharrafni Shangxay Hamkorlik Tashkilotining 6-chi sammitida ishtirok etish uchun taklif etdi. Ushbu anjuman iyun oyi o’rtalarida Xitoyning Shangxay shahrida o’tishi kutilmoda.

Summitda Pokiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, biroq uning to’liq a’zoligi masalasi ham ayni kunda ko’rib chiqilmoqda. Xitoy rasmiylariga ko’ra, bu borada o’tgan oy Pekinda ikki prezident orasida bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida ham fikrlar almashilgan.

Shangxay Hamkorlik Tashkiloti raisi Jan Deguanga ko’ra, Pokiston o’z a’zoligi borasida biror qarorga kelsa, bu haqda ma’lumot zudlikda barcha a’zolarga yetkaziladi va muhokama asosida qaror qabul qilinadi.

XS
SM
MD
LG