Breaking News

Akayev: Qirg'iziston inqilobi ortida AQSh turgan


Qirg’iziston inqilobiga bir yil to’lar ekan, hukumatdan ketishga majbur bo’lgan sobiq prezident Askar Akayev, Rossiya matbuotiga intervyu berarkan, xalqqa qarshi qurol ishlatmaslikka o’zi qaror qilganini aytib o’tgan.

“Fuqarolik urushi chiqishini istamaganim uchun xalqimga qarata kuch ishlatmadim”, -dedi Akayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

2005 yilning 24 mart kuni davlat to’ntarishiga olib kelgan xalq isyoni Akayevni hokimiyatdan olib tashlagan bo’lsada, sobiq president qon to’kilishi va fuqarolik urushi chiqmasligi uchun hokimyatdan voz kechganini bildirdi.

Shunday bo’lsada Rossiyada boshpana topgan Akayev, sobiq Sovet mamlakatlari, hususan Qirg’izistondagi inqilob ortida ham AQSh hukumati turganini ta’kidlaydi.

“Turli rangli inqiloblarda AQShning qo’li bor. “Lola” inqilobi Qirg’izistonga ko’proq demokratiya olib kelish o’rniga mamlakatni inqiroz sari yetaklamoqda. Jinoyatchilik va buyurtma qotilliklar ko’paymoqda”,- dedi Akayev intervyuda.

Intervyuda Akayev, yangi prezident Bakiyevning 24 martni umummamlakat bayrami kuni deb e’lon qilganini ham tanqid qilgan.

XS
SM
MD
LG