Breaking News

Jahon Banki O'zbekistonga qarz berishni to'xtatmoqda


Dunyo bo’ylab qashshoqlikka qarshi kurashuvchi va rivojlanayotgan davlatlarga qarz beruvchi Jahon Banki O`zbekistonga sarmoya berishni to`xtatish haqida qarorga kelgan.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Jahon Banki qarorini qoralab, bu G’arb tomonidan O’zbekistonni notinch va istiqbolsiz davlat sifatida ko’rsatishning navbatgi isbotidir, dedi. Ekspertlar fikricha esa, gap O`zbekistonda erkin biznes yuritish imkoniyatining cheklanganligi va korrupsiya darajasining yuqoriligidadir.

Jahon Bankining O`zbekistonga sarmoya kiritishni to`xtatish haqidagi qaroriga, Toshkentdagi vakolatxona tomonidan tarqatilgan ma`lumotnomada keltirilishicha, ajratilayotgan mablag`larning maqsadli ishlatilishiga nisbatan ishonch yo`qligi sabab bo`lgan.

Bank O`zbekiston bilan texnik va nazariy masalalarda hamkorlikni saqlab qoladi.

Jahon Banki 1994 yildan boshlab hozirgacha O`zbekistondagi turli ijtimoiyi – iqtisodiy loyihalarga 600 million dollar atrofida mablag` ajratgan. Jahon Bankining yangi strategiyasi - korrupsiya qarshi kurashishga qaratilaganiga urg`u beriladi.

O`zbekistonda korrupsiya darajasining yuqoriligi, boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan e`lon qilingan hisobotlarda o`z aksini topib keladi. Ekspertlarga ko`ra O`zbekistondagi korrupsiya eng kichik bo'g`indan yuqori lavozimdagi rahbarlarni qamrab oladi.

Kuzatuchi Bahodir Musayevga ko`ra Bankning bunday qarorga kelishiga asos bor.

- Xalqaro tashkilotlar, banklar tomonidan sarmoya kiritilayotgan sohalar, ular vazirlik bo`ladimi boshqa tashkilotmi, baribir shunga majbur. Agar biror tashkilotdagi mutaxassisiga berilayotgan maosh miqdorini hisobga olib ko`rsak ham, hayotning o`zi o`g'irlik qilishga majburlayotganligini kuzatamiz, - deydi Bahodir Musaev.

Jahon Banki O`zbekiston iqtisodi rivojlanishi uchun qanday islohotlar amalga oshirilishi zarurligi haqida bir qator tavsiyalar bildiradi. Bular, asosan iqtisodiyotni erkinlashtirilish, davlat nazoratiga chek qo`yish, bank tizimlarining mustaqil ishlashiga imkoniyat yaratilishdir.

Shuningdek, O`zbekistondagi qashshoqlik va ishsizlikka barham berishda tezda samarali ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan - qishloq xo`jaligini erkinlashtirish, fermerlarning mahsulot ekish va sotishida davlat nazoratini bekor qilishdir.

O`zbekistondagi ishsizlar va qashshoqlar soni asosan qishloq joylariga to`gri keladi. Shu bilan bir qatorda budjet daromadining asosiy qismi aynan qishloq xo`jaligiga to`gri kelyotgani ur`gulanadi.

Jahon Banki O`zbekistondagi ishlab chiqarishda o`sish bo`layotganligi haqidagi rasmiy ma`lumotlarga ham shubha bilan qaraydi. Bank hisobotiga ko`ra O`zbekistonda inflyatsiya miqdori 31 foizni tashkil etadi. Ishsizlik esa 20 foizdan ko`p. Iste`mol ko`rsatkichi o`rtacha maosh miqdoriga to`g'ri kelmaydi.

O`zbekiston prezidenti Qozog`iston prezidentining mamlakatga tashrifi davomida o`tkazilgan matbuot anjumanida Jahon Bankining hisobitini haqiqatga to`g'ri kelmasligini ta'kidladi.

Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra, bank ekspertlari O`zbekistonda bank sohasidagi va boshaqa ma`muriy boshqaruv tizimlarini tahlil qilgan holada shunday qarorga kelishgan.

- Ular O`zbekistonga mablag` yotqizishni foydasizligi haqida qarorga kelishgan. Shuningdek, bu qaror Yevropa tomonidan O`zbekistonga ko`rsatilayotgan siyosiy bosimni ham hisobga oladi, deydi Toshpo`lat Yo`ldoshev.

Toshpo`lat Yo`ldoshevning firkicha, biznes va iqtisod rivojlanishdagi asosiy to`siqlar davlat nazorati, soliqlar va bojxona to`lovlarining balandligi bilan bo`gliq.

O`zbekistondan yirik moliyaviy tashkilotlar chiqib ketayotgani yoki hukumat bilan o`z aloqalarini to`xtatishga majbur bo`layotgani Andijon voqealaridan oldin ham kuzatilgan.

Shunday tashkilotlardan biri, Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot Banki hukumat bilan aloqalarni mamlakatda aynan iqtisodiy va siyosiy erkinliklar yo'qligi bois to`xtatganini ma`lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG