Breaking News

Osiyo banki O'zbekistonga 300 million dollar kredit ajratadi


Osiyo Taraqqiyot Banki O’zbekistonga iqtisodiy rivojlanish uchun 300 million dollar kredit berishini ma’lum qildi.

Qarorgohi Manilada joylashgan bankning ma’lumotiga ko’ra, har yili va’da qilingan kreditning 100 million dollari ajratiladi va kredit uch yil davomida beriladi. Uning 70 foizi, bankka ko’ra, qishloq joylardagi taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Qolgan qismi esa xususiy sektorni rivojlantirish, transport va ta’lim sohalarini yaxshilash uchun sarf qilinadi.

XS
SM
MD
LG