AQShda asoslangan Nyumont Mayning (Newmont Mining) kompaniyasi O’zbekiston moliya vazirligi tomonidan ularga nisbatan yuritilgan soliq qonunini qayta ko’rib chiqilayotganidan xavotirda. Agar soliq qonuni qayta ko’rib chiqilsa, bu kompaniyaning Qizilqumdagi “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasidagi 50 foiz ulushiga ta’sir qilishi mumkin.
Korxona vakillariga ko’ra, 17 mart kuni O’zbekiston moliya vazirligi 2006 yil davomida, 151- sonli hukumat qarorini qayta ko’rib chiqilishi yoki umuman bekor qilinishi mumkinligini bildirgan. 151-sonli hukumat qarori Zarafshon-Nyumont qo’shma korxonasini soliq qonunlaridagi o’zgarishlardan himoya qilib, bir qator moliyaviy imtiyozlar yaratib kelayotgan edi.
“Hukumat qarorining o’zgartirilishi va unga qo’shimcha kiritilishi uchun jiddiy sabablar yo’q. Bu borada olib borayotgan muzokaralarimiz nima bilan yakunlanishi bilmaymiz. Biroq 151-sonli qarorning bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi qo’shma korxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq”, - deydi korxona rahbariyati.