AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyniy may oyining boshlarida Litva, Qozog’iston va Xorvatiyaga safar qilishni rejalamoqda. Kecha Oq uy tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra, 4 may kuni Dik Cheyni Vilnyusda Boltiq va Qora dengiz mintaqasi davlatlarining sammitida qatnashadi.
So’ngra, AQSh vitse-prezidenti Qozog’istonga safar qilib, prezident Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida, iqtisodiy va strategik hamkorlikni rivojlantirish va mintaqada demokratik islohotlarni targ’ib qilish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.