Breaking News

O'zbekiston eng noshud davlatlar qatorida


Urush va mojarolarning sabablarini o’rganuvchi Xalqaro Tinchlik Jamg’armasi (Fund for Peace) va AQShda nashrdan chiqadigan “Tashqi Siyosat” (Foreign Policy) tahliliy jurnali 2006 yilning noshud, ya’ni davlat sifatida shakllana olmagan mamlakatlar ro’yxatini chop etgan.

Ro’yxatda Sudan eng noshud davlat deb birinchi o’rinda ko’rsatilgan. To’rtinchi o’rinda Iroq. O’ntalik oxirida - Afg’oniston. O’zbekistonga 23-o’rin berilgan. Undan so’nggi 28 va 42 o’rinlarda Qirg’iziston va Tojikiston. Turkmaniston esa 45-pog’onada.

XS
SM
MD
LG