Breaking News

AQShning yana bir tashkiloti yopilish xavfi ostida


O`zbekiston Adliya vazirligi AQShga qarashli yana bir nohukumat tashkiloti - “Urban Instituti” vakolatxonasi faoliyatini tugatish talabini qo`ymoqda. “Urban Instituti” AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi tomonidan moliyalanib kelingan.

Markazi Vashgtonda bo`lgan Urban instituti O`zbekistonda 2003 yildan faoliyat boshlagan. Tashkilotning asosiy maqsadi turar joylarini aholi tomonidan boshqarilishida tajriba almashish.

Urban Instituti vakolatxonasiga Adliya vazirligi tomonidan bildirilgan e’tiroz ana`naviy - nizomdan tashqari faoliyat yuritish va O`zbekiston qonunchiligini buzish.

“Press-uz.info” axborot saytining Adlya vazirligidagi manbaaga tayanib keltirishicha, Urban instituti faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni tuzatish haqida avval ham Adliya vazirligi tomonidan ogohlantirilgan. Biroq vakolatxona tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklar to`liq tuzatilmagan.

O`zbekistondagi nodavlat tashkilot vakillari Urban institutining mamlakatdagi faoliyatini yaxhsi bilishadi, biroq hozir bu haqda ochiq gapirishdan ehtiyot bo`lishmoqda.

Urban instituti O`zbekistonda aholining mustaqil uy-joy boshqarmasi tashkil etishida faol qatnashgan, avvalgi JEKlar o`rnida keyinchalik xusisiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSh) paydo bo`lishida va bu tizimning davlat idoralari bilan muvofiqlashgan holda ishga tushishida bir qancha mashg`ulotlar o`tkazib kelgan.

Na`munali ravishda faoliyat yuritgan XUJMSh lar Urban institutining garantlari bilan taqdirlangan. O`zbekistonda uy-joy mulkdorlari tizimining shakllanishida Urban instituti tomonidan berilgan texnik, nazariy va moddiy ko`maklarning ahamiyatli ekanligi qayd etiladi.

Shu sabab ham nodavlat tashkilot vakillari Urban institute vakolatxonasining yopish talabidan taajubda ekanliklarini bildirishmoqda. Kuzatuvchilar esa bu xolatni aksincha, xalqaro nodavlat tashkilotlarga nisbatan bosimlarning navbatdagi ko`rinishi deb izohlashmoqda.

XS
SM
MD
LG