Breaking News

Karimov, Putin Sochida muzokara qildi


12 may kuni O’zbekiston rahbari Islom Karimov Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, iqtisodiy aloqalar hamda harbiy hamkorlikni muhokama qildi. Prezidentlar Shanxay Hamkorligi Tashkiloti doirasidagi faoliyat borasida ham so’zlashgan.

Rasmiy manbalarga ko'ra, O`zbekiston prezidentining Sochiga tashrifi Rossiya bilan aloqalarning yanada mustahkamlanayotganligidan darak berayotgan bo`lsa, mahalliy kuzatuvchilar buni, aksincha O`zbekiston tashqi aloqlar qamrovining tobora qisqarib borayotganligi, rasmiy Toshkentga nisbatan xalqaro hamjamiyatning bosimi ortayotganligi bilan izohlashmoqda.

Jumladan, Sochida o`tagan uchrashuv mohiyatini ham asosan shu mavzu tashkil etganligi ta`kidlanadi.

So`nggi paytda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi turli darajadagi rasmiy va diplomatik aloqlarning muttasilligi kuzatiladi. Yaqinda Rossiya Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Toshkentda O`zbekiston prezidenti bilan uchrashuvlar o`tkazgan, Rossiya Prezidenti esa O`zbekiston bilan tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi haqidagi qonunni imzolagan.

O`zbekiston Rossiya bilan aloqalarni mamlakatdagi barqarorlikning garovi sifatida izohlaydi.

Mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra, Rossiya o`z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib, O`zbekistondagi avtoritar tuzumni quvvatlamoqda.

Ekspertlardan biri Toshpo’lat Yoldoshevning fikricha, xalqaro hamjamiyatning bosimi O`zbekistondagi diktatura rejimini qo`llayotgan Rossiyaga ham o`tkazilishi lozim.

Unga ko`ra, Sochidagi uchrashuvda bu bosimga nisbatan qanday chora ko`rish haqida muhokama boradi.

Hukumat tomonidan ayovsiz kuch ishlatilishi tufayli yuzlab tinch aholi qurbon bo`lgan Andijon fojealaridan so`ng O`zbekiston hukumati G`arb tomonidan keskin tanqidga uchradi. Rossiya hukumati rasmiy Toshkentning kuch ishlatishini yoqlab chiqqan edi.

XS
SM
MD
LG