Breaking News

O'zbekistonda AQShga tegishli ikki tashkilotning kuni bitdi


Toshkents sudi bugun AQShga tegishli ikki nohukumat tashkilotining, jumladan ACCELS, ya’ni Xalqaro Ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari hamda Ta’lim orqali Global Muloqot nomli tashkilotlarning O’zbekistondagi faoliyatini tugatishni buyurdi.

O'zbekiston Adliya vazirligi ACCELSni 100 dan ortiq o’quvchini hukumat ruxsatisiz Amerikaga jo’natganlikda ayblagan. Ta’lim orqali Global Muloqot tashkilotiga esa missionerlik bilan shug’ullanganlik aybi qo’yilgan.

ACCELSning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari hozircha mazkur qaror yuzasidan biror munosabat bildirgani yo`q.

Kuzatuvchilar nazarida Adliya vazirligi tomonidan tashkilotga qo'yilgan ayblovlar ortida siyosiy sabablar yotibdi. Bu "ayblovlar" isbotlangan taqdirda ham ular tashkilot faoliyatini tugatish uchun asos bo`la olmaydi, ACCELSning yopilishi O'zbekistonda xalqaro nohukumat tashkilotlarga ko'rsatilayotgan bosimlarning davomidir, deyishadi ular.

ACCELS dasturlari bilan yaqindan tanish bo`lgan yoshlardan biri sud qaroridan afsusda ekanligini bildirar ekan, bu qaror yoshlarning ta`lim olish, tashqi dunyoga chiqish kabi huquqlarini cheklaydi, deydi.

Unga ko`ra, hukumatning ACCELSni yopish haqidagi qarori mutlaqo tushunarsizdir. "Tashkilot shaxshan menga va do'stlarimga ingliz tilini o`rganishda katta yordam ko`rsatgan. Men ACCELSni yopish haqidagi qarorni noto`g'ri deb hisoblayman” , - deydi u.

Kuzatuvchilarga ko`ra, O`zbekistonda xalqaro tashkilotlarni mamlakatdan chiqarish borasida yuritilayotgan siyosat hukumatning o`z fuqarolariga ishonmayotganligi bilan ham bo`gliq. Ular fikricha, hukumat va oddiy aholi o`rtasida ulkan bo`shliq yuzaga kelgan.

XS
SM
MD
LG