Breaking News

Jalolobodda o'zbeklar jamiyati raisi hibsga olingan


Inson huquqlari himoyachilari bergan xabarlarga ko’ra, Jalolobod viloyati o’zbeklar jamiyatining raisi Mamatqodir Qoraboyev kuni-kecha qamoqqa olingan.

O’zbeklar jamiyati faolining qamoqqa olinishiga 2002 yilda boshlangan fuqaroviy sud ishi sabab sifatida aytilmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, Mamatqodir Qoraboyev besh yil avval Bozorqo’rg’on tumani qishloq hukumatida ishlagan davrida, bir ayol unga sotilishi kutilayotgan binoni xususiylashtirish uchun 2000 AQSh dollari miqdorida pul qoldiradi.

Ammo kimoshdi savdosida bino boshqa odamga sotilgan. Ayol pulini qaytarib olgach, pulini agar boshqa birovga bersa, qo’shimcha daromad olishi mumkinligini aytib, Mamatqodir Qoraboyevdan foiz talab qila boshlaydi. Ish fuqaroviy sudga oshadi, ammo da’vogar kelmagani uchun to’xtatiladi.

Azimjon Asqarovning fikricha, o’zbeklar jamiyati faolining qamoqqa olinishiga to’rt yil avval to’xtatilgan fuqaroviy sud ishi emas, balki uning 27 may kuni Jalolobodda o’zbek tiliga rasmiy til maqomi berish talabi bilan o’tkazilgan namoyishning uyushtiruvchisi ekani sabab bo’lgan.

Bozorqo’rg’on tumani o’zbeklar jamiyati a’zolari sud, prokuratura, militsiya va mahalliy hokimiyat idoralaridan Mamatqodir Qoraboyevni ozod qilishni talab qilganlar. Aks holda, faollarga ko’ra, jurnalistlar uchun matbuot anjumani va namoyish o’tkaziladi.

XS
SM
MD
LG