Breaking News

Qirg'iziston qochqinlarni O'zbekistonga qaytarmaslikka chaqirilmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo’yicha Oliy Kommisariati, rasmiy Bishkekni o’tgan yil Andijon voqealaridan so’ng Qirg’izistonga qochib, keyinchalik qamoqqa olingan o’zbekistonlik to’rt nafar qochqinni rasmiy Toshkent bosimiga qaramasdan vataniga qaytarmaslikka chaqirmoqda.

Bu kabi ekstraditsiya BMTning 1951 yilda qabul qilgan Qochqinlar bo’yihca Konventsiyaga xilofdir, dedi tashkilot rasmiylari.

Shu kunga qadar Qirg’iziston Oliy sudi to’rt qochqindan uch nafarining arizasini ko’rib chiqib, ularga rad javobini bergan edi. 13 iyun kuni sud so’nggi qochqin da’vosini ko’rib chiqishga kirishadi. Sud bu safar ham rad javobi bersa, qochqinlar O’zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG