Breaking News

Qirg'iziston chegarachilari O'zbekistonda ikki kishini yaralagan


O’zbekiston rasmiylariga ko’ra, Qirg’iziston chegarachilari O’zbekiston chegarasini kesib o'tib, Farg’ona viloyatidagi Log’on qishlog’iga kirgan va bir fermer chorvasini o’g’irlamoqchi bo’lgan. Voqeani ko’rib qolgan qishloq aholisi chegarachilarni haydab chiqarmoqchi bo’lganda ularning ikkisi qurollarini ishga solgan chegarachilar o’qidan yaralangan.

Qirg’iziston chegarasi rasmiylarining Assoshieytid Press axborot agentligiga aytishicha, chegarachilar ularga tosh bilan hujum qilgan 20 nafar log’onlikdan o’zini himoya qilgan. Rasmiylar agentlikka mahalliy aholi o’z chorvasini Qirg’iziston hududida o’tlatgan, deb axborot bergan.

XS
SM
MD
LG