30 iyun kuni O’zbekiston Adliya vazirligi mamlakatda faoliyat yuritayotgan, bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan “East-West” SPID ga qarshi kurash jamg’armasiga ogohlantirish notasi yubordi.
Ogohlantirishda Gollandiyada tashkil topgan nohukumat tashkiloti mamlakat qonunlarini buzayotganlikda ayblanadi. Adliya vazirligi nazarida jamg’arma tadbirlari adliya vazirligi maslahatisiz o’tmoqda, soliq muassasalariga hisobotlar jo’natilmayapti va tashkilotning ro’yxatga olinmagan ramzlari matbuotda e’lon qilinmoqda.
Yo’l qo’yilgan qonunbuzarliklarni to’g’rilash uchun O’zbekiston Adliya vazirligi, “East-West” jamg’armasiga 30 kun muhlat bergan. “East-West” O’zbekistonda 2004 yildan beri ishlab keladi. Mamlakatdagi faoliyati davomida, SPID (ya’ni immunitet taqchilligi sindromi) va narkomaniyaga qarshi kurash dasturlarini joriy qilib, e’tiborini aholi orasida narkotik moddalar iste’molini kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga qaratgan.