Breaking News

Tojikistonliklar O'zbekiston viza tizimini bekor qilar degan umidda


Yonilg’i zahiralariga boy Markaziy Osiyo g’arbu-sharqning qudratli davlatlari diqqatida turibdi. Markaziy Osiyo respublikalarining o’zida esa Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti asosida integratsiya jarayonini tezlashtirishga intilish seziladi. Lekin Tojikistondagi mutaxassislarning fikricha, bu rivojlanishga O’zbekiston to’sqinlik qilib kelmoqda.

Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti haqida hozir Markaziy Osiyo ommaviy axborot vositalarida ko’p va xo’p gapirishmoqda va yozishmoqda.

Azal-azaldan chegara bilmagan o’lka xalqlari bu yangi tashkilot haiqida so’z yuritilganda quvongan bo’lsalarda, vaqt o’tgan sari hafsala pir bo’lmoqda. Odamlarning aytislaricha, eng avvalo O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi viza tizimini bekor qilish hamda yo’llarni ochish kerak.

Bundan yigirma yilcha oldin qo’shni O’zbekistonning Sirdaryo va Toshkent viloyatlari suv xo’jalik boshqarmalarida iqtisodchi bo’lib ishlagan sog’dlik Rayimjon Obloqulov Tojikistonning Rossiya bilan strategik hamkorligidan natija chiqmayotgan bir sharoitda O’zbekiston bilan chiqishib ketishiga ishonmaydi.

“Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga O’zbekiston qo’shilganda biz juda xursand bo’lgan edik. A’zolik shartlariga ko’ra O’zbekiston o’rtamizdagi vizani bekor qilishi, bojxona masalalari ijobiy hal bo’lishi kerak edi. Albatta Qozog’iston, O’zbekiston iqtisodi Tojikistonnikidan ancha oldinda. Hamkorlikka kirgan davlatlar bozorlarida narx-navolar turlicha. Respublikalar iqtisodi bir xil rivojlanmas ekan, Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga o’xshash tashkilotlarni amalda rivojlanishiga ishonolmayman. Buni chin dildan istasamda iqtisodchi sifatida bunga ko’zim etmaydi”,- deydi tojikistonlik iqtisodchi.

“Nega bundau fikrlaysiz?” degan savolga u Tojikistonning strategik hamkori hisoblangan Rossiya bilan 300ga yaqin turli-tuman hujjatlar imzolangan bo’lsada, ularning aksariyati foydasiz qolayotganligini ro’kach qiladi.

“Strategik hamkor bo’lgan Rossiya bilan ish shunday bo’lgandan keyin, o’rtamizda viza bo’lgan O’zbekiston bilan ish yurisharmidi”, - deydi u.

Dushanbe shahridan bo’lgan tojik iqtisodchisi Salomsho Muminov esa O’zbekiston hukumatiga umuman ishonmasligini bildiradi.

"O’zbeksitonda tashqi siyosatda qo’nim bilmaydigan Karimovga o’xshash shaxs hukmdor ekan, u tomondan quyosh chiqishiga shubha qilaman”,-deydi u. Uning fikricha, aynan O’zbekiston hukumati Tojikistonni uzoq yillardan beri yo’l qamalida tutub turmoqda.

“Prezidentlar qancha uchrashmasinlar, vazirlar qancha-qancha qog’ozlarga qo’l qo’ymasinlar, hammasi quruq gap bo’lib qolaveradi. Karimovga ishonib bo’lmay qoldi”,-deydi Salomsho.

Tojik maktablarida tarix fanidan dars beruvchi muallim Alijon Sharipov esa Salomshodan farqli ravishda o’rtadagi munosabatlar rivojiga shaxsan prezidentlarning o’zi hissa qo’shishlar kerak deb hisoblaydi.

“Mening firkimcha, muammolarni shaxsan prezidentlarning o’zi nazoratga olsa, o’rtamizdagi sun’iy to’siqlar olinadi. Men O’zbekiston prezidenti ham bir kun kelib viza tizimini bekor etib, yo’llarni ochishiga umid qilaman. Transport yo’llari ochilishini hayot taqozo etmoqda”,- deydi muallim.

Sovet davrida Toshkent oliygohida ta’lim olgan iqtisodchi Sobirjon Qodirov elu-yurt orzu qilgan birlik O’zbekiston tomonidan ta’minlanmayotganidan norozligini yashirolmaydi.

“O’zbekiston tomonidan imzo qilinishi kerak bo’lgan ikki asosiy hujjatga O’zbekiston prezidenti imzo chemayotganligi asrlar davomida qondosh bo’lgan tojikistonliklar gazabini qo’zg’asa kerak? O’zbekiston bilan chegara hududida yashayman. Ariqni u yog’i Ozbekiston. Hatto qaynonasi ta’ziyasiga ana shu ariqdan o’ta olmayotgan kelinu-kuyovlarni ko’ryapmiz. Evrazes-pevrazeslarni qo’yib turing, qadimiy musulmonchilik, qo’shnichilik an’analari bor. 30 yil oldin Toshkentda o’qiganman. Majbur bo’ldim, qardoshlikni yig’ishtirib dehqonchilikka o’tib ketdim, bormadim ham, ko’rmadim ham, o’sha kursdoshlarni”,- deydi sobig iqtisodchi kuyunib.

Kuzatuvchilarga ko’ra ikki mamlakat siyosatchilari o’rtasidagi bir-biridan alamzadalik ziyolilarnikidan ortiqroq bo’lib, xuddi shu narsa ikki tilli bir xalqning ko’hna zamonlardagidek birlashishiga to’siq bo’lib kelmoqda

XS
SM
MD
LG