Breaking News

Abort - O'zbekiston juvonlari orasida oddiy, ammo halokatli hol


O’zbekiston aholisi tez ko’payayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Biroq so’nggi yillarda olib borilgan demografik siyosat aholi tabiiy o’sish sur’atining sekinlashuviga olib kelgan. Ayni paytda og’ir iqtisodiy sharoit tufayli ko’plab ayollar ixtiyoriy ravishda o’z homilalarini oldirib tashlashga majbur bo’lmoqdalar. Hatto mamlakatning chekka qishloqlarida ham abort oddiy holga aylanib bormoqda ekan.

O’zbekistonda abort qilish qonun bo’yicha ruxsat etilgan bo’lsa-da, ba’zi mutaxassislarga ko’ra, keyingi yillar ayollarning homilani sun’iy yo’l bilan oldirish ko’paygan. Buning asosiy sababi o’laroq ayrim oilalardagi iqtisodiy nochorlik ko’rsatiladi. Avvallari o’zbek xonadonlarida 6-7 tagacha farzandning bo’lishi oddiy hol sanalgan. Ayni paytda 3-4 bolani boqish ham mushkillik tug’dirayotgani bois, abort qilishga majbur bo’lishayotganini aytishadi ayrim ayollar.

“Hammaning o’ziningsharoitiga qarab-da. Mening ham 2ta bolam bor, boqish qiyinligi uchun albatta abort qildirib olaman. Chunki menga hozir sharoitim to’g’ri kelmaydi boqishga”.

“Bola bo’lsa, uni tarbiyalash kerak, kiyintirish kerak, och-yalang’och yurmasligi uchun. Endi agar shularni hammasini o’ylasak, qiyin hozir, hayot ozgina yaxshimas hozir. O’shaning uchun ayollar mana shu abortlarga boradi”.

“Hozirgi vaqtda juda qiyin-ku bola boqish. O’zimda ham 4 ta bolam bor. Ishqilib, vaqti-soati kelganda qiynalib qolamiz. O’shaning uchun ham hozir ko’p bola xohlashmaydi. Hozir 4 ta, 5 ta bolaliklar juda kamayib ketdi”, - deyishadi ayrim ayollar.

O’zbek ayollarining ma’lum bir qismi nechta farzandli bo’lishni oldindan rejalashtirib, homila bo’lishning oldini olish uchun turli usul va kontraseptiv vositalardan foydalanishlarini aytishadi. Biroq ayrim ayollar uchun homiladorlikning oldini olish masalasi qiyin bo’lgani, sifatli kontroseptivlarning qimmatliligi sabab, ularni sotib ololmasliklari uchun ham, oxirgi chora sifatida abortdan foydalanishayotganini bildirishadi.

“Hozirgi yangicha metodlarni ko’pchilik uchun narxi to’g’ri kelmasligi balki sababdir. Hozirgi tabletkalarni nazarda tutib aytayotgan edim, yaxshi, sifatli, sog’liqqa ziyoni yo’g’I albatta shunga yarasha qimmat. Taxminan 7 mimg-8 mimg so’m atrofida bu pereparatlar. Har oyda bu qimmatlik qiladi”, - deb aytadi yana bir ayol.

"O’zbekistonda har bir ayol o’z oilasi sonini o’zi belgilashi, va farzand ko’rish yo ko’rmaslikni o’zi hal qilish imkoniga ega. Biroq homilador ayol bola oldirishni ixtiyor qilar ekan, hatto davolash muassasalaridagi ixtisosli vrachlar qiladigan abortlar ham jiddiy xavf tug’dirishi mumkinligini unitmaslik lozim",- deydi akusher-gnekolog Hikoyat Xolboyeva.

“Sun’iy abort ayol organizmidagi fizeologik prosseslarning kechishini buzib yuboradi. Abort, u hatto eson-omon o’tganda ham ayol organizmiga katta zarba. Sun’iy abortdan keyin juda ham ko’p asoratlar bo’lishi mumkin. Bular minstriual fuksiyaning buzilishi, ikkinchidan, bachadon, bachadon naylari yallig’lanishi mumkin. Abort qilgan ayolda tug’ruq paytida sustlik bo’lishi mumkin. Abort qildirgan ayol farzand ko’rmaydigan bo’lib qolmagan taqdirda ham, ko’pchilik hollarda unda bola bo’lish qobiliyati ancha pasayadi. Garmonal o’zgarishlarga, feziologik ozgarishlarga olib kelishi mumkin. Agar abort qonunda ruxsat berilmasa, menimcha kreminal abortlar ko’payib ketishi mumkin. Chunki shunaqa holatlar bo’lib qoladiki, ayol homilador bo’lib qoladi, yoki homilador ayol sharoiti shunga to;g’ri kelib qoladiki, uni olib tashlashga to’g’ri keladi. Natijada Qonunda ruxsat berilmasa, nima bo’ladi? U kechasi qayergadir boradi, kimgadir abort qildiradi, bu kriminal abortlarga va ko’p asoratlarga olib kelishi mumkin. Ba’zan hayotini yakunlanishi bilan tugallanadi”, - deb hisoblaydi shifokor Hikoyat Xolboyeva.

Mutaxssislar sun’iy yo’l bilan homilani olib tashlash ayol organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishini urg’ulasharkan, ayollarning o’zlari ham bu holni inkor etishmaydi. Ba’zi ayollar 6 tagacha va undan ham ko’p marta abort qildirganliklarini bildirisharkan, buning oqibatida turli kasalliklarga ham duchor bo’lishganini aytishadi.

“Oilada 7 bolamiz, keyin bola bo’lganda 3 martami abort qildaravergan onam. Hozir mana, kasal bo’lib, beli og’riydigan bo’lib qolgan. Ko’p otirolmaydi, og’ir ish qilolmaydi”.

“Sanab o’tirmaganmanu, juda ko’p bo’lgan, bir 6 marta”.

“Mening qo’shnim ham saqlanish, spirallar yoqmas edi, o’shandan qon ketib, boshqa qilib qolgandan, yiliga ikki martalab ham abort qilgan. Endi bel og’riq bo’lib qolgan. Yaqinda kasalxonada yotib, davolandi, abort qildiraverganidan matkasida qandaydir aslojneniylar qolib ketgan ekan. Shunaqa yomon bo’lib qoldi, xuddi dardday olib borishganda, operatsiyaga ham tayyor qilib, umurtqasidan suv ham olib ko’rishdi. Ichingizdagi bir narsani hadeb yulib tashlayvergandan keyin, uning albatta asorati qoladi-da”, -deyishadi ayollar.

O’zbekistonda abortning erkinligi ayollarni nochor holdagi mushkullikdan bir qadar xalos etayotgan bo’lsa-da, ular salomatligiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmagan. Biroq, ro’zg’or tebratishning qiyinligi sabab bola ko’paytirishni istamaslik, maoshning ozligi bois sifatli kontroseptivlarni sotib olishga imkoniyat yo’qligi, ayollarni ko’plab marta abort qilishga olib borayotgan omillar sifatida ko’rsatilmoqda.

XS
SM
MD
LG