Breaking News

Qorasuvda marhum imom tarafdorlari miting o'tkazdi


11 avgust kuni Qirg’iziston janubidagi Qorasuv shahrida Qirg’iziston va O’zbekiston maxsus xizmatlari tomonidan o’ldirilgan imom Muhammad Rafiq qori Kamoliddin tarafdorlari namoyish o’tkazdilar.

Miting ko’p o’tmay to’xtatilgan, ammo imomning o’g’li Rashod Kamolov namoyish boshqa kunga ko’chirilganini va musulmonlar imomning o’lidirlishi yuzasidan izoh talab qilib yana chiqishlarini bildirgan.

11 avgust juma kuni Qirg’iziston janubidagi Qorasuv shahri “As-Saraxsiy” jome’ masjidida juda oz odam namoz o’qidi. Ba’zilar buning sababini qo’shni O’zbekiston namozxonlarni Qirg’izistonga qo’ymagani bilan izohlasa, boshqalar namozxonlarning kamligi sababi imom Muhammad Rafiq Kamoliddinning qirg’iz va o’zbek maxsus xizmatlari tomonidan o’ldirilishida deb biladi.

Namozdan keyin Qorasuv hokimiyat binosi oldida, o’ldirilgan imomning ming chog’li tarafdorlari to’plandi. Imomning o’g’li Rashod Kamolov hukumatdan otasining o’limi yuzasidan izoh talab qildi.

Muftiy Muratali hoji Jumanov imom Muhammad Rafiq Kamoliddinning o’limiga huquq-tartibot idoralari javob berishini aytdi.

Qirg’iziston davlat din qo’mitasi raisi Jo’lbo’rs Jo’ro’bekov ham imomning uyida ko’p marta mehmon bo’lganini qayd qilib, Milliy Xavfsizlik Xizmati imom balki terrorchilar tomonidan garovga olingan bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi bayonotini o’qib eshittirdi.

Shundan keyin imomning o’g’li Rashod Kamolov bu miting o’z maqsadiga erishmaganini, chaqirilgan deputatlar, mamlakat ombudsmeni kelmaganini aytib, miting boshqa kunga ko’chirilganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG