Breaking News

Nazarboyevni Vashingtonda nima kutmoqda?


Sentabr oyi oxirida Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Hozirda Amerikadagi ba’zi yetakchi gazetalar ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar va uning omillarini tahlil qilmoqda.

Mazkur yilning may oyida AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni Qozog’istonga tashrif buyurib, uni strategik va bosh hamkor deya atagan edi. Tashrifi davomida energetika masalasiga alohida to’xtalgan va AQSh vitse-prezidenti, Qozog’iston rahbarini o’z mamlakatiga taklif etgan edi. Washington Post gazetasining yozishicha, shu yil sentyabr oyida Nursulton Nazarboyev Oq uyda mehmon bo’ladi. Bundan tashqari Nazarboyev Meyn shtatida, sobiq prezident keksa Bushning qarorgohiga ham taklif etilgan.

“Neftga boy davlatning avtokrat rahbari kelmoqda”. AQSh matbuotidagi bu kabi tag sarlavhalar Qozog’iston prezidenti Amerika nigohida demokrat rahbar emasligidan darak. Nazarboyev AQSh tadbirkorlaridan 78 million dollar pora olganlikda ayblanadi. Yaqinda Qozog’istondan AQSh Davlat kotibi muvoini Ivan Feygenbaum mazkur ayblovlar xususida to’xtalmasdan, Qozog’iston rahbarining tashrifi mintaqada muhim ahamiyatga ega deya ta’kidladi.

“Mamlakatlarimiz orasidagi aloqalarning yaxshilanishi ko’p tomonlama Qozog’istondagi islohotlar va demokratiyaning qadrlanishiga bog’liq”, -deydi AQSh rasmiysi.

Uning aytishicha, AQSh Qozog’istonda demokratiya barpo etilishiga va mintaqada barqarorlikni ta’minlashga chaqirib keladi.

Qozog’iston rahbari o’z chiqishlarida uning mamlakati har kim bilan teng munosabatda va islohotlarni o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishini aytib keladi.

Ayni paytda mamlakat bo’ylab korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasi boshlangan. Buning mahsuli o’laroq, mamlakatda o’rtamiyona tadbirkorlarning hibsga olinishidir.

Xalqaro Tinchlik bo’yicha Karnegi Jamg’armasi deb ataluvchi ilmiy institutda Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassis Marta Bril Olkotga ko’ra, Nazarboyev erkin jamiyat nimaligini hali tushunmaydi. “U mulkni bir qadar xususiylashtirish qandya foyda keltirishini biladi xolos”, -deydi tadqiqotchi.

Mamlakatdagi barcha sanoat yoki Nazarboyevga yoki uning oilasiga tegishli. U qattiqo’l va o’z xalqiga erkinlik berishga shoshmayapti. Biroq Markaziy Osiyyodagi boshqa rahbarlarga qaraganda Qozog’iston rahbari sezilarli islohotlar olib borib, xalq turmush tarzini yaxshilamoqda, deydi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi va oshkoralikni targ’ib qiluvchi Transperensi International tashkiloti vakili Miklos Marshal.

66 yoshni qarshi olgan Nazarboyev mamlakatini neft va gaz hisobiga boyitmoqda. AQSh bilan munosabatlarda erkinlik va demokratik islohotlar asosiy o’rinda turishi mumkin, biroq uni ko’proq yonilg’i siyosati tebratsa ajabmas.

XS
SM
MD
LG