Breaking News

Imomali Rahmonov nomzodi saylovga qo'yildi


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov 6 noyabrda bo’ladigan prezident saylovlarida qayta ishtirok etish uchun o’z partiyasidan yagona nomzod sifatida tayinlandi.
Tojikiston Xalq Demokratik Partiyasining s’yezdida ikki ming delegat ishtirok etdi.

Saylovlarda hozircha to’rt nomzodning ishtirok etishi ma’lum. Asosiy muxolif guruh - Islom Uyg’onish Partiyasi o’z nomzodini hali ma’lum qilgani yo’q.

2003 yilda o’tkazilgan referendumga ko’ra, prezident vakolatlari uzaytirilgan va Raxmonov qayta saylangan taqdirda hokimiyat tepasida 2020 yilgacha qoladi.

XS
SM
MD
LG