Parijda asoslangan Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti dunyoning 13 davlatini Internet dushmani deb atamoqda.
Ularga Saudiya Arabistoni, Birma, Xitoy, Shimoliy Koreya, Kuba, Misr, Eron, O’zbekiston, Suriya, Tunis, Turkmaniston va Vietnam kiradi.
Tashkilot Internet erkinligi uchun kurash e’lon qilgan.
Chegara Bilmas Muxbirlar ommadan uning Internet sahifasiga kirib, so’z erkinligi himoyasi uchun ovoz berishni so’ramoqda.
Shuningdek, tashkilot yuqorida nomi tilga olingan davlatlarda Internetdagi tanqidiy maqolalari uchun qamalgan insonlar taqdiridan ham xavotir bildirmoqda.