Breaking News

Chegara Bilmas Muxbirlar: O'zbekiston - Internet dushmani


Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti dunyoning 13 davlatini Internet dushmani deb atamoqda. Ularga Saudiya Arabistoni, Birma, Xitoy, Shimoliy Koreya, Kuba, Misr, Eron, O’zbekiston, Suriya, Tunis, Turkmaniston va Vietnam kiradi. Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti yuqorida nomi tilga olingan davlatlarda Internetdagi tanqidiy maqolalari uchun qamalgan insonlar taqdiridan ham xavotir bildirmoqda.

Xalqaro tashkilotlar e’lon qilgan hisobotni O`zbekiston rasmiy matbuoti inkor etib, erkin ekanini ta’kidlagan. Mustaqil kuzatuvchilar fikricha, o`zbek jurnalistlari hisobot to`g`riligi, O`zbekistonda matbuot bilan bo`gliq vaziyat ayanchli ekanidan xabardor. Biroq bu haqda ochiq gapirish yomon oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushadilar.

Jurnalistlar nazarida yaqin tarixda matbuotda jonlasnish kuzatilgan. Xususan, “Hurriyat” gazetasi mustaqil matbuotning ilk nishonasi edi. Shundan so`ng “Mohiyat”, “Mustaqil gazeta” singari nashrlar paydo bo`la boshlagan.

Mustaqil jurnalist Dilmurod Sayidning aytishicha, “Hurriyat” gazetasiga Karim Bahriyev bosh muharrir bo’lgan paytni hozirgisi bilan qiyoslasa, gazetaning bunday ahvolga tushish sababi ravshan.

Ayniqsa, Andijon voqealaridan so`ng matbuot ustidan nazorat va cheklov kuchaygan, deydi jurnalist.

“Hurriyat” bosh muharriri Ismat Xudoyorov bunga e`tiroz bildirgan. Uning fikricha, bu fikrlarni gazeta bilan yaxshi tanish bo`lmaganlar aytayotgan bo`lishi mumkin.

“Gazetada ko`tarilish, pasayish kuzatilgan bo`lishi mumkin, lekin biz hozir ham “Hurriyat” o`zining avvalgi pozitsiyasida turibdi deb hisoblaymiz. Bizga hech kim bosim ko`rsatayotgani yoq. Maqolalarni faqat muharrir o`qiydi, hatto muassis ham o`qimaydi”, - deydi Ismat Xudoyorov.

Yanqinda mahalliy ekspertlardan biri, Toshpo`lat Yo`ldoshev Andijon voqealaridan so`ng hukumat taz’yiqiga uchragan kishilar haqida ma`lumot e’lon qildi. Mazkur ma`lumotga ko’ra, huquq himoyachilari, muxolifat vakillari bilan bir qatorda taz’yiqqa uchragan mustaqil jurnalistlar ham anchagina.

Ta’kidlanishicha, hukumat mustaqil nashrlarning payiga tushgan bu sharoitda internet ancha ekrin faoliyat ko’rsatgan. Bugunga kelib bu mustaqil axborot manbai ham keskin nazoratga olingan.

Turli ayblar bilan qamoqqa olingan jurnalistlar - Ulug`bek Haydarov, Yodgor Turlibekov, majburan ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizilgan Jamshid Karimov aynan internetda tarqatilgan maqolalari bilan tanilgan.

Yaqinda O`zberkiston hukumati internet axborot vositalarini ro`yxatdan o`tkazishga doir qaror qabul qildi. O`zbekiston inson huquqlari harakati rahbari Suhrob Ismoilov fikricha, shu bois O`zbekistoning dunyoda internetni cheklagan 13 davlatdan biri sifatida qayd etilishi tabiiy.

Suhrob Isroilov nazarida bu xujjat huquq himoyachilarining faoliyatiga g’ov bo’ladi.

“O`zbekistonda televideniye, radio, matbuot internetchalik ochiq axborot berishga yetib kelgani yo`q. Shuning uchun ham hozir tanqidiy maqolalar berayotgan internet saytlarini cheklash choralari ko`rilmoqda. Matbuot qancha erkin bo`lsa, inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat ham shunchalik yaxshi bo`ladi. Hozirgi paytda O`zbekistondagi matbuot haqida bu gaplarni aytish noo`rin deb hisoblayman”, - deydi Isroilov.

Kuzatuvchilar fikriga ko’ra, O`zbekiston hukumati erkin matbuot qudratini yaxshi tasavvur qiladi. Diktatura, mavjud korruptsiya uchun so`z erkinligi qanchalik xavfli ekanini yaxshi agnlaydi. Shu bois mamlakatda matbuot nazorati kuchayib boradi.

XS
SM
MD
LG