Breaking News

O’zbekistonda aholi turmush darajasi juda past


BMT e’lon qilgan hisobotga muvofiq, O’zbekistonda aholi ijtimoiy-turmush darajasi va rivojlanish sur’atlari juda past. Mazkur ko’rsatkichlar bo’yicha bir necha yil oldin 94-o’rinda borgan O’zbekiston hozirda 113-bosqichni egallamoqda.

O`zbekistonda eng kam maosh miqdori 8 ming so`m atrofida belgilangan. BMT hisobotida keltirilishicha, rivojlangan mamlakatlarda bir kishining kundalik xarajati 30 dollardan yuqori ekan.

BMT hisoboti dunyodagi 177 mamlakatni o’z ichiga oladi. Bu mamlakatlardagi ijtimoiy turmush darajasi mamlakat yalpi ishlab chiqarish hajmi, aholining xarid quvvati va boshqa ko`rsatkichlar asosida aniqlangan. Bir necha yil avval O`zbekiston mazkur hisobotda 94 orinni band etgan bo`lsa, hozirda 113 o`ringa tushgan.

Rasmiy manbalarda iqtisodiy o’sish yuqoli ekanligi qayd etiladi. Vazirlar Mahkamasining ma’lumotiga ko`ra, mamlakatda yalpi ishlab chiqarish soni 6 foizdan oshgan. Bu yil bu ko`rsatkichning 7 foizdan oshishi kutilmoqda. Jumladan, xarid quvvati, xizmat ko`rsatish sohalaridagi o’sish qayd etiladi.

Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshevning aytishicha, rasmiy ko`rsatkichlarga ishonib bo`lmaydi.

“Mustaqillik yillaridan boshlab bu hisobotlarni qaraydigan bo`lsak, MDH davlatlari orasida taraqqiy etib, aholi daromadi 10-18 foizga oshgani aytiladi. Lekin keyingi o`n yilda bizda deyarli o`sish bo`lgani yoq. Bizda 13 milliard dollarga yaqin yalpi ishlab chiqarish hajmi bo`lsa, bu narsa Qozog`istonda 50 millard dolardan oshib borayapti.

Biz 90-yillarda Qozog`istondan oldinda edik, demak orqaga qarab ketayapmiz. Ijtimoiy ahvolga ko`ra esa bizdagi oyliklar, nafaqalar miqdori boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past”, - deydi Yo`ldoshev.

BMT hisobotida aholi turmushini belgilovchi ko`rsatkichlardan biri bir kunlik xarajat bilan belgilanadi. Sobiq ittifoq hududida bo`lgan Estoniyada bir kunda bir kishi 15 dollarga yaqin xarajat qilsa, O`zbekistonda bu ko`rsatkich ikki dollarga ham etmaydi.

Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshev fikriga ko’ra, O`zbekistonda 90-yillarda o’rtacha oylik 250-260 dollar bo’lgan, hozir esa 60-70 dollar atrofida.

“Demak bizda iqtisodiy cho`kish kuzatilmoqda. Hukumat bergan raqamlariga o`zi ishonmaydi. Aholi umuman ishonmaydi. Ayni paytda BMT hisobotida keltirilgan malumotlar to`gri, nazarimda, hatto biroz kotarib ko`rsatilgan. Aslida jiddiy tahlil qilinadigan bo`lsa, O`zbekistondagi vaziyat yomonlashgan, o`gir”, - deydi Yo`ldoshev.

Bundan tashqari, kuzatuvchilarning so’zlariga qaraganda, O`zbekistondan har yili minglab kishilar ish izlab chiqib ketayapti. Bu ham mamlakatdagi iqtisodiy imkoniyatlar cheklanganidan darak beradi.

Toshkentdagi mardikor bozorlaridan birida ish izlayotgan yigitning aytishicha, oilasini faqat oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun bir kunlik ish haqi hech bo`lmaganda 10 ming so`m bo`lishi kerak, biroq bunday haq beradigan odam yo`q. Ba`zan ilojsizlikdan ish beruvchi aytgan bahoga rozi bo`lishga to`gri keladi.

O`zbekistonda eng kam maosh 8 ming so`m atrofida belgilangan. BMT hisobotida keltirilishicha, rivojlangan mamalkatlarda bir kishining bir kunlik xarajati 30 dollardan yuqori.

XS
SM
MD
LG