Breaking News

Andijon fojeasida gumon qilinganlar ustidan tergov ishi yakunlandi


O`zbekiston prokuraturasining ma`lum qilishicha, Andijon fojeasida aybdor deb gumon qilinayotgan, Qirg’izistondan O`zbekistonga deportatsiya qilingan besh kishi ustidan tergov-surishtiruv ishlari yakunlangan.

O`zbekiston prokuraturasi tarqatgan malumotga ko`ra, Andijon fojealarida, terrochilikda, qo`poruvchilikda, shuningdek, Andijon shahar prokurori G`anijon Abduraimovning o`ldirilishida ayblanayotgan besh nafar andijonlik Qirg`izistondan O`zbekistonga qaytarilgan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, ayblanuvchilar “Akromiylar” oqimining a`zolari. Ular ichida Andijon qamoqxonasidan qochgan xavfli jonoyatchi ham bor. Andijon fojealarida ayblanayotgan bu fuqarolarning O`zbekistonga qaytarilishi xalqaro jamoatchilik, jumladan, BMT tomonidan tanqid qilindi.

Huquq himoyachilari qiynoqlar qo`llanilishi odat bo`lgan O`zbekistonda ayblanuvchilarning iqror bo`lishlari tabiiy deb hisoblaydi.

“Mazlum” inson huquqlarini himoyalash tashkiloti rahbari A`zam Turg`unov bu haqda shunday mulohaza yuritadi:

“Qiynioqlarning har xil turi bor. Zo`ravonlik ishlatilgan joyda haligi beshta odam yoppasiga hamma narsani bo`yniga oladi. Agar ular qiynoqlarni qo`llaydigan yerto`laga Almatovni joylab qo`ysa, u ham hizbiyman deb bo`yniga oladi.

Sud jarayonida ko`p narsa gapirishdi, haqiqatni aytishdan qo`rqadigan odamlar imi-jimida gapirishdi. Bulardan maqsad Mahbuba Zokirova ko`rsatmalarini inkor etish, mana sen yolgo`n gapirgansan deyish. Shundan keyin Zokirovaga ham bir narsa bo`lishi mumkin”, - deydi Turg`unov.

A`zam Turg`unov fikricha, sud jarayonida O`zbekistonda yana bir ekstremistik tashkilot paydo bo`lganligi haqida hukumat pozitsiyasi “isbotlanadi”.

Andijon shahar prokurorining qanday o`ldirilganini esa, deydi Azam Turg`unov, voqea guvohi bo`lgan barcha andijonliklarga ayon. Bu haqda Oliy sudda ko`rsatma bergan Mahbuba Zokirova ham guvohlik berib o`tgan.

Huquq himoyachilari ma’lumotiga ko`ra, shahar prokurori hukumat askarlari tinch namoyishchilarni o`qqa tutgan payt halok bo`lgan. Rasmiy manbalar esa shahar prokurori terrorchilar tomonidan o`ldirilganini takidlamoqda.

XS
SM
MD
LG