Breaking News

Manasdagi to'qnashuvda AQSh va Qirg'iziston bir-birini ayblamoqda


AQSh harbiylari nazarida shu yilning sentyabr oyida Bishkek aerportida Amerika harbiy samolyoti va Qirg’izistonning yo’lovchi samolyoti to’qnashuvida, sust nazorat va kommunikatsiya sababchi bo’lgan.

Qirg’iziston hukumati voqeada AQSh uchuvchilarini ayblab keladi.

AQSh harbiylarining aytishicha, voqeada parvozlarni nazorat qilish punkti aybdor, chunki Amerika harbiy samoloyti uchuvchisiga no’to’g’ri axborot yetkazilgan. Oqibatda samolyot Qirg’izistonning yo’lovchi samolyoti yo’lidan chiqib qolgan.

Voqeada har ikkala samolyotning qanoti zarar ko’rgan edi. Qirg’iziston AQShdan kompensatsiya talab qilib keladi.

Bu orada 6 dekabr kuni amerikalik uchuvchi aeroport hududida Qirg’iziston fuqarosini otib o’ldirgan edi. Qirg’iziston uchuvchini so’roqqa tutishi mumkin, ammo AQShning Qirg’izistondagi elchisi Mari Yovanovichning aytishicha, faqatgina amerikalik vakil huzurida. Ammo harbiyni butunlay Qirg’iziston qo’liga topshirmaymiz, deydi u.

Elchining aytishicha, amerikalik uchuvchi Qirg’iziston ta’kidlaganidek daxlsizlik huquqiga ega emas. Agar tergovda uning aybi isbotlansa, Amerika harbiysi AQSh qonunlariga asoslanib jazolanadi, deydi elchi Yovanovich.

XS
SM
MD
LG