Breaking News

Turkmanistonda prezident saylovlari haqida qonun chop etildi


Seshanba kuni Turkmanistonda qabul qilingan prezident saylovlari haqidagi qonun bugun mahalliy matbuotda chop etildi. Unga ko’ra, nomzodlarning saylov kampaniyasi faqat davlat byudjeti hisobidan moliyalanadi. Bundan tashqari nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari mahalliy boshqaruv organlari tomonidan uyushtiriladi, ya’ni uchrashuvga kimning kelishini nomzod shtabi emas, hokimiyatlar hal qiladi.

Saylovlar 11 fevral kuni bo’lib o’tadi. Saylov komissiyasi raisi Murod Qariyevning seshanba kuni aytishicha, u vaqtinchalik prezident Qurbonguli Berdimuhammedov g’alabasini istaydi.

Yangi qonunda, shuningdek, chet-el va mahalliy kuzatuvchilar va jurnalistlarning saylovlarni kuzatish va ovoz hisoblashda ishtirok eta olishi qayd etilgan. Saylovlarda Berdimuhammedovdan tashqari yana 5 nomzod ishtirok etadi.

So’nggi marta Turkmanistonda prezident saylovlari 1992 yili bo’lgan. O’shanda Niyozov 95.5 foiz ovoz to’plagan edi. 1999 yili esa Xalq Maslahati uni umrbod prezident etib tasdiqlagan edi.

XS
SM
MD
LG