Breaking News

Prezidentlikka da'vogar Shosalimov matbuot anjumani o'tkaza olmadi


Shu yilning dekabr oyida O`zbekistonda kutilayotgan prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’ygan huquq himoyachisi Jahongir Shosalimov Toshkentda Huquq himoyachilari alyansi binosida rejalangan matbuot anjumanini o'tkaza olmagan.

Shosalimov internetda bayonot berib, o`zining konstitusiyada ko`rsatilgan huquqlaridan foydalangan holda prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etmoqchi ekanini bildirgan.

Shosalimov bayonotida O`zbekiston prezidentining vakolati tugashi bilan bog'liq holatning noaniq qolayotganida Konstitusion sud va Oliy Majlisni ayblagan. Vaziyatni konstitusiyaviy inqiroz deb baholagan.

31 yanvar kuni Shosalimovning uyiga Akmal Ikromov tumani Ishki ishlar boshqarmasi xodimlari kelib, uning turmush o'rtog'i Gulchehra Shosalimovani boshqarmaga olib ketgan, degan xabarlar tarqalgan edi. Asosiy manba Shosalimovning o'zi bo'lgan.

1 fevral kuni soat 11.00 ga mo`ljallangan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun chet-el diplomatlari ham tashrif buyurgan. Biroq anjumani boshlanishiga ulgurmay huquq himoyachilari alyansi binosiga bir guruh ayollar bostirib kirgan va to`polon boshlangan.

Ayollar o`zlarini mahalla qo`mitasidan deb tanishtirishgan. Ular orasida matbuot anjumanining bosh mavzusi hisoblangan huquq himoyachisi prezidentlikka o`z nomzodini qo`ygan Jahongir Shosalimovning turmush o’rtog’i ham bo'lgan.

O`zini Shosalimov yashayotgan mahalla qo`mitasini raisi sifatida tanishtirgan ayol boshliq guruh huquq himoyachilarini hukumatga qarshilikda va Shosalimov xotini haqida yolg`on axborot tarqatishda, shuningdek Shosalimovni yo`ldan ozdirib uning nomzodini prezidentlikka ko`rsatishda ayblay boshlashdi.

Mahalla qomitasi raisiga ko`ra Gulchehra Shosalimova ichki ishlar boshqarmasiga chaqirilmagan. Aksincha esa eri bilan telefon uchun pul to`lashga borib kelgan.

Gulchehra Shosalimovaning aytishicha, turmush o’rtog’i noto’g’ri axborot tarqatgan bo`lishi mumkin. Uning so'zlariga qaraganda hech kim uni "hech qayoqqa olib ketmagan va bu haqda yolg’on ma`lumotlar tarqatilgan".

“Menga kechqurun 10 larda telefon qilishdi, sizni militsiya olib ketganmi deb. Yo’q, men uyda o`tiribman dedim. Men qayerdan bilaman bu paytgacha u kishi intervyu berganini”? - deydi Shosalimova.

Jahongir Shosalimovning fikricha esa xotini qattiq qo`rqitilgan. Bu hodisaning uyushtirilishi esa rejalangan matbuot anjumanini buzishga qaratilgan.

Shosalimovning aytishicha mahalla qomitasi matbuot anjumani o`tishidan xabardor bo`lgan, jumladan Akmal Ikromov tumani ishki ishlar boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash bo`lismi boshlig`i, uchastka noziri va mahalla qo`mitasi raislari uning xotiniga tazyiq ko`rsatgan va qo`rqitgan.

“Terrorizmga qarshi kurash bo`limi boshlig`i Zamon Ro’ziev janoblari, kamida bu ishni prezident devonidagilar bilan maslahatlashgan tarzda qilishgan. Biz hukumatni nozik tomoniga tekkanimiz uchun shunga borishayapti. Mening xonadonimni buzishgacha borishayapti. Xotinimni qo`rqitib, menga va hamkasblarimga tuhmat qilishgacha borishayapti”, - deydi Shosalimov.

XS
SM
MD
LG