Breaking News

Karimov prezidentlikdan ketib, bosh vazir bo'lishi taxmin qilinmoqda


O’zbekistonda davlat boshqaruvida siyosiy partiyalar faolligini oshirishga doir qonun qabul qilingan. Ammo bu qonun kelayotgan saylovlardan keyin, ya’ni 2008 yil birinchi yanvardan kuchga kiradi.

Hozirda prezident saylovlarida qantashish uchun hukumat tomonidan nomzod bor-yo’qligi aniq emas. Taxminlarga ko’ra, bu bor ham prezident Islom Karimov nomzodi taqdim etilishi mumkin.

O`zbekistonda hukumatga tom ma’noda muxolif rasmiy partiya mavjud emas. Yangi qonun aynan qaysi partiyalarga taalluqli ekani noma’lum.

Mavjud siyosiy partiya vakillarining matbuotda bildirgan fikrlarida aytilishicha, qonun siyosiy partiyalar faoliyati uchun o`ta muhum. Biroq bu partiyalarning hech biri muxolif pozitsiyada emas.

Qonun qaysi muxolif partiya uchun imkoniyat berishni nazarda tutishi esa mavhum.

Muxolifatdagi “Erk”partiyasi faoli A`zam Turg`unov fikricha qonun 2008 yildan yoki qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirgan taqdirda ham vaziyat o`zgarmaydi. Avvalgi qonunlar singari faqatgina qog`ozda qoladi.

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi matbuot xizmati boshlig`i Abdurahmon Tashanov ta’biricha, qonunning 2008 yildan kuchga kirishi kutilayotgan siyosiy kampaniya bilan bog`liq.

“Agar prezident dekabrdagi saylovlardan o`tib oladigan bo`lsa, keyingi faoliyati shu qonun bilan hamohang bo`ladi deb tushnish mumkin”, - deydi u.

O`zbekistonda dekabr oyida kutilayotgan prezident saylovlari, Islom Karimovning rahbar bo’lib qolishi haqida turli talqinlar mavjud.

Ayrim fikrilarga ko’ra, prezident bosh vazir bo’lib tayinlanishi mumkin.

“Erk” partiyasi vakili A`zam Turg`unov:

“Bir-ikkita maddohlar chiqib, prezident yaxshi iqtisodchi, vazirlikni boshqarsa, yaxshi rivojlanib ketamiz deyishi mumkin. Lekin prezident Vazirlar Mahkamasini boshqargan davr mobaynida iqtisodni tanazzulga tushirgan. Keyin qanday qilib uni ko`taradi? Bu yerda mantiq yo`q”, - deydi Turg`unov.

Abdurahmon Tashanov fikricha, prezident bundan keyin vakolatlarini kengaytirish yo`lidan boradi. Prezident vakolatini boshqalarga topshirilish yo`lidan borilmaydi.

Saylovlar e`lon qilinmasdan avval aniq bir saylovoldi harakati haqida gapirish qiyin, deydi Abdurahmon Tashanov.

“Birlik” partiyasi saylovlarda qatnashish harakatini ko`rmoqda.

Saylov haqidagi qonunlarga ko`ra, o`n yildan ko`proq mamlakatdan tashqarida yashagan fuqaro nomzod sifartida ro`yxatga olinmaydi.

Quvg’indagi muxolif partiya yetakchilari esa o`n yildan oshibdiki, chet elda yashaydi.

XS
SM
MD
LG