Toshkentda muxolifatdagi "Serquyosh O’zbekistonim" koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarovni ozod etish talabi bilan piketga chiqqan huquq himoyachilari kaltaklangan.
Sanjar Umarov poraxo’rlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Uni ozod etish talabi bilan Latviya elchixonasi qarshisida o`tkazilgan piket qatnashchilariga ko`ra, ularga fuqaro kiyimidagi bir guruh kishilar tashlangan, plakatlari yirtib tashlangan, piketchilarning bir nechasiga tan jarohati yetkazilgan.
O`zbekiston huquq himoyachilari alyansi faoli Yelena Urlayevaning aytishicha piket qilish uchun Latviya elchxonasining tanlanishi bu mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a`zoligi bilan bog’liq.
“Jamoatchilik va Yevropa Ittifoqi davlatlari ham bilishi kerak, biz baribir siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab qilaveramiz. Sanjar Umarov esa siyosiy mahbus, vijdon asiri hisoblanadi,” - deydi Urlayeva.
Latviya elchixonasi oldidagi piketda O`zbekiston huquq himoaychilari alyansining 10 dan ziyod a`zolari ishtirok etgan. Ulardan biri Akrom Muhiddinov fikricha piketchilarga tashlangan guruh avvaldan tanish, huquq himoyachilarini kuzatib yurgan kishilar.
“Plakatlarni bermaganimizdan keyin bizga tashlanib, urishdi. 5-6 nafar odam tan jarohati oldi. Mening o`zimga ham signalniy list berishdi, jigarim ezilgan va miyam chayqalgan”, - deydi u.
Huquq himoyachilari bir necha kishi kaltaklanganini ta’kidlamoqda va mazkur hodisa yuzasidan O`zbekiston prokuraturasiga murojaat qilishni rejalamoqda.
Muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi raisi Sanjar Umarov davlatga soliq to`lamaganlikda, katta miqdordagi mablag`ni o`zlashtirganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Huquq himoaychilariga ko`ra esa Sanjar Umarovga nisbatan qo`yilgan ayblar soxta, u muxolifatda ekanligi va siyosiy faoliyati uchun qamoqqa tashlashgan.